03:00 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
243 0 0

Turkiya Ichki ishlar vazirligi mamlakat hududida xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirish qoidalariga oʻzgartirish kiritilgani toʻgʻrisida maʼlum qildi.

TOSHKENT, 14 may — Sputnik. Oʻzbekistonning Anqara shahridagi Elchixonasi maʼlumotiga koʻra, Turkiya Ichki ishlar vazirligi mamlakat hududida xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirish qoidalariga oʻzgartirish kiritilgani toʻgʻrisida maʼlum qildi.

Xabar berilishicha, xorijlik haydovchilarga iloji boricha tezroq mamlakatdan chiqib ketish sharti bilan 14 kunlik karantin davrini kutmasdan Turkiya hududiga kirishga ruxsat beriladi.

Kema orqali xorijiy yuk tashuvchilarga (Ro-Ro operatsiyalari) “Zonguldak-Chernomorsk (Illichivsk)”, “Istanbul-Chernomorsk”, “Karasuk-Chernomorsk”, “Konstanta-Karasu”, “Tashuju-Tripoli” va “Mersin-Hayfa” yoʻnalishlarida tashishni amalga oshiradigan kema bortida boʻlishlariga ruxsat beriladi (ilgari haydovchilarning kemaga kirishiga ruxsat berilmagan, faqat yarim tirkamalar/tirkamalar qabul qilingan).

Kasallik alomatlari aniqlansa, chet ellik haydovchilarning Turkiya hududiga kirishi rad etiladi.

Asosiy mavzular