23:44 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
137 0 0

Oʻzbekiston sudlarida fuqarolarning shaxsiy qabuli, sud jarayonlari va sayyor sud majlislari vaqtincha toʻxtatilgan edi.

TOSHKENT, 14 may — Sputnik. Oʻzbekistonda “yashil” toifaga kiruvchi hududlardagi sudlarda fuqarolar qabuliga ruxsat beriladi. 2020 yil 12 may kuni Oliy sud Rayosatining tegishli qarori qabul qilindi.

Oliy sud matbuot xizmati xabariga koʻra, qarorga muvofiq “qizil” va “sariq” toifaga kiruvchi hududlardagi sudlarda fuqarolarning shaxsiy qabuli toʻxtatib turiladi hamda fuqarolarga hujjatlarni sudlarga faqat elektron shaklda yoki pochta orqali yuborish tavsiya etiladi.

Shuningdek, “qizil” toifaga kiruvchi hududlardagi sudlar tomonidan faqat epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish, mayda bezorilik, ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik kabi maʼmuriy huquqbuzarliklarga doir hamda boshqa kechiktirib boʻlmaydigan toifadagi ishlar koʻrilishi belgilangan. Sudlar sud buyrugʻi tartibidagi ishlarni (aliment undirish va boshqalar) ham koʻrishi mumkin.

“Yashil” va “sariq” toifaga kiruvchi hududlardagi sudlarda barcha ishlarning belgilangan tartibda koʻrilishiga ruxsat beriladi.

Barcha sudlarda (toifa hududidan qatʼi nazar):

 - sudya va mutaxassislar tomonidan ijtimoiy masofani (2 metrni) saqlagan, tibbiy niqob va antiseptik vositalaridan foydalangan holda faoliyat yuritishini taʼminlash;

 - barcha turdagi ommaviy tadbirlarni oʻtkazmaslik (sudlar faoliyati bilan bogʻliq videokonferentsaloqa rejimida oʻtkaziladigan yigʻilishlar bundan mustasno);

 - sud binolariga kirish-chiqish joylarini pirometr va antiseptik vositalar bilan taʼminlash, sud muhokamasiga kelgan har bir fuqaroning tana haroratini oʻlchab, niqobsiz va tana harorati 37°S va undan yuqori boʻlgan holatda, sud binosiga kiritmaslik kabi majburiy talablarga qatʼiy rioya etish belgilangan.

Eslatib oʻtamiz, COVID-19 tarqalishining oldini olish maqsadida mamlakat sudlarida fuqarolarning shaxsiy qabuli, sud jarayonlari va sayyor sud majlislari vaqtincha toʻxtatilgan edi.

Asosiy mavzular