11:04 03 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
442 0 0

Jizzax viloyatida sel kelishi oqibatida 4ta qishloqning bir necha uylariga suv kirgan, FVV qutqaruvchilari va maxsus texnika aholiga yordam bermoqda.

TOSHKENT, 14 may - Sputnik. Bugun Jizzax viloyatida ham sel kelib bir necha xonadonga suv kirdi, deb xabar qilmoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi. 

"14 may kuni Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumanlari hududida kuchli yogʻingarchilik kuzatildi. Natijada "Oqqoʻrgʻonlik", "Tinchlik", "H.Olimjon", "Ulugʻbek" hamda "Ziyokor" mahallalarida yomgʻir suvlari toʻplanib, bir nechta xonadonga suv kirdi. Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 6 ta yongʻin-qutqaruv texnikasi hamda 22 nafar qutqaruvchilari tomonidan xonadon egalariga amaliy yordam koʻrsatilib, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan suv toshqini hamda boshqa koʻngilsiz holatlarning oldi olindi", - deyilgan xabarda. 

Eslatib oʻtamiz, bugun ertalab Surxondaryo viloyatining Boysun va Oltinsoy tumanlarida sel kelishi oqibatida aholi uylari va infratuzilma obʼyektlari zara koʻrgani hamda 900 kishi xavfsiz joyga koʻchirilgan edi.

  • Sel v Djizzakskoy oblasti
    Sel v Djizzakskoy oblasti
    MCHS
  • Sel v Djizzakskoy oblasti
    Sel v Djizzakskoy oblasti
    MCHS
1 / 2
MCHS
Sel v Djizzakskoy oblasti

Asosiy mavzular