14:18 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
474 0 0

Bexzod Anvarovich Musayev Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tasdiqlandi.

TOSHKENT, 14 may — Sputnik. Prezident farmoni bilan Bexzod Anvarovich Musayev Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tasdiqlandi.

Bunga qadar B.A.Musayev Davlat soliq qoʻmitasi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, prezident farmoni bilan Sherzod Davlyatovich Kudbiyev Davlat soliq qoʻmitasi raisi lavozimiga tasdiqlandi. Unga “Soliq xizmatining III darajali davlat maslahatchisi” maxsus unvoni berildi.

Kudbiyev bunga qadar prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Asosiy mavzular