Bugundan boshlab qanday faoliyat turlariga ruxsat berilgan?

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishRabota megamolla "TransTexServis"v Kazani
Rabota megamolla TransTexServisv Kazani - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda umumiy karantin tartibini saqlab qolgan holda, hududlar toifasiga qarab bir qator faoliyat turlarini amalga oshirish uchun bosqichma bosqich ruxsat berilmoqda.

TOShKENT, 15-may - Sputnik. Respublika maxsus komissiyasining qaroriga asosan O‘zbekiston hududida karantinni bosqichma bosqich yumshatib borish tartibi belgilangan. 

Xususan, 15-maydan boshlab, hududlar maqomiga qarab, quyidagi faoliyat turlariga ruxsat berilgan:

“Qizil” toifadagi hududlarda:

  • yakka tartibdagi hunarmandchilik;
  • avtomobillarga va qishloq xo‘jalik mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish;
  • elektron qurilmalarni (kompyuter va maishiy texnika vositalari) va aloqa vositalarini ta’mirlash;
  • ijara va lizing xizmatlari;
  • buxgalteriya sohasiga oid xizmatlar (auditorlik, soliq maslahati va boshqalar) ko‘rsatish;

“Sariq” toifadagi hududlarda “qizil” toifadagi hududlarga qo‘shimcha ravishda:

  • rieltorlik faoliyati;
  • reklama va marketing faoliyati;
  • xususiy bandlik agentliklari faoliyati;
  • mehmonxonalarga o‘z oshxonalarida ovqat pishirish hamda xonalarga yetkazib berish;
  • park va istirohat bog‘lari (attraksionalar, ko‘ngilochar obyektlar hamda tezkor ovqat tayyorlash nuqtalari faoliyati bundan mustasno) faoliyati.

Bunda park va istirohat bog‘lariga kirish karantin talablariga qat’iy rioya qilgan holda soat 09-00 dan 20-00 ga qadar 2 nafar shaxsdan ko‘p bo‘lmagan guruhlarda (oilaviy guruhlar bundan mustasno) amalga oshiriladi;

“yashil” toifadagi hududlarda “sariq” va “qizil” toifadagi hududlarga qo‘shimcha ravishda:

  • ochiq sun’iy qoplamali sport o‘yingoxlari (tashrif buyuruvchilar sonini cheklash sharti bilan, yechinish va yuvinish xonalaridan foydalanmagan hamda oraliq masofani saqlagan holda);
  • kompyuter (skaner, nusxa ko‘chirish, matn terish, chop etish)
    va poligrafiya xizmatlari;
  • muzeylar faoliyati (tashrif buyuruvchilar sonini cheklagan hamda oraliq masofani saqlagan holda);
  • veterinariya xizmatlari;
  • binolarga xizmat ko‘rsatish va landshaftni obodonlashtirish faoliyati.

Shaharlararo qatnovlar

Shuningdek 2020-yil 18-may kunidan boshlab quyidagi shaharlararo qatnovlarga ruxsat beriladi:

  • Toshkent shahridan Nukus, Urganch, Termiz shaharlariga aviaqatnovlarni (borish va qaytish) tiklash;
  • Toshkent shahridan Navoiy, Buxoro, Qarshi shaharlariga “Afrosiyob” tezurar poyezdi hamda Farg‘ona vodiysiga temir yo‘l qatnovini (borish va qaytish) qayta yo‘lga qo‘yish.

Shu bilan birga avia va temir yo‘l qatnovlarini tashkil etishda barcha karantin qoidalariga amal qilish, shu jumladan, yo‘lovchilar sonini kamaytirish, dezinfeksiya qilish va boshqa sanitariya talablari so‘zsiz bajarilishi talab etiladi.

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan Karantin davrida mahalliy yo‘nalishlarda avia va temir yo‘l qatnovlarini yo‘lga qo‘yishning Vaqtinchalik tartibi tasdiqlandi.

Shaxsiy avtomobilda harakatlanish

Undan tashqari: shaxsiy avtomobillarning harakati bo‘yicha cheklovlarni 2020-yil 18-maydan boshlab bosqichma-bosqich BEKOR QILISh yuzasidan quyidagi tartib joriy etilmoqda:

  • “yashil” toifadagi hududlarda ➖ Respublika maxsus komissiyasi yig‘ilishining 2020-yil 6-maydagi 21-son bayoni bilan avtotransport vositalarining maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanishiga ruxsat berilgan;
  • “sariq” toifadagi hududlarda ➖ soat 06.00dan – 22.00 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalarining maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanishiga ruxsat berilsin. Bunda avtotransport vositalarining salonida 4 kishidan ortiq bo‘lmasligi lozim;
  • “qizil” toifadagi hududlarda ➖ avtotransport vositalarining maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanishiga faqatgina kunning muayan vaqtida (07.00 dan – 10.00 gacha, 17.00 dan – 20.00 gacha) fuqarolarning ish joyiga borib-kelishi, tibbiy buyumlar, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi galdagi mahsulotlarni xarid qilish uchun harakatlanishiga ruxsat beriladi.

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasning 11-maydagi qarori bilan Barcha viloyatlardagi tumanlar, epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda "yashil", "sariq" va "qizil" tumanlarga ajratilgan edi. Ushbu tumanlarning batafsil ro‘yxati bilan quyida tanishish mumkin. 

Yangiliklar lentasi
0