14:20 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
298 0 0

Biroz oldin Oʻzbekistonda davlat idoralari xodimlarini ish yuritishda oʻzbek tilidan foydalanmaganlik uchun jarimaga tortishni taklif qilingan edi.

TOSHKENT, 15 may - Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Rossiya va Oʻzbekistonning rus tilini oʻqitish dasturi boʻyicha birgalikda olib borayotgan ishlari haqida gapirib berdi.

Eslatib oʻtamiz: aprel oyining oxirida respublika Adliya vazirligi davlat xizmatchilariga ish yuritishni davlat tilida olib bormaganligi uchun maʼmuriy javobgarlikni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqdi.

Ushbu qonun loyihasi ommaviy axborot vositalari va jamoatchilikning koʻp sonli tanqidlariga sabab boʻldi.

"Biz yuqoridagi qonun loyihasi ommaviy axborot vositalarida yuzaga kelgan tortishuvlarga eʼtibor qaratdik. Koʻrinishidan, hozircha uning tarafdorlari aniq ozchilikda. Izohlarning aksariyati rus tili rasmiy muomalada toʻliq saqlanib qolganligini, bu tarix ruhi va ikki tomonlama munosabatlarning amaldagi sifatiga mos kelishini koʻrsatmoqda. Eng muhimi - Oʻzbekiston fuqarolarining manfaatiga", - dedi Zaxarova brifingda.

Diplomatning taʼkidlashicha, Oʻzbekiston tomoni respublikada rus tilining toʻlaqonli oʻqitish dasturini yaratishga qiziqish bildirgan. Hozirda uni ishlab chiqish boʻyicha faol qoʻshma harakatlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu dastur nimani nazarda tutadi?

Zaxarova tushuntirishicha, dastur yetkazib beriladigan oʻquv, uslubiy va badiiy adabiyot hajmini koʻpaytirilishini koʻzda tutadi.

Bundan tashqari, qoʻshimcha rus tilini oʻrgatish markazlari ochiladi va oʻqituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlariga rus tili boʻyicha mutaxassislar yuboriladi.

Yana bir muhim chora: oʻzbekistonlik abituriyentlar uchun RFning oliy oʻquv yurtlarida byudjet joylari kvotalari koʻpaytiriladi, gap "rus filologiyasi" ixtisosi haqida ketmoqda.

Asosiy mavzular