19:49 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
404 0 0

Moskvadagi Oʻzbekiston elchixonasi shifokorlar va charter parvozlarini kutayotgan vatandoshlar uchun "Rahmat!" xayriya aktsiyasini tashkil qilishdi.

TOSHKENT, 15 may - Sputnik. Oʻzbekistonning Moskvadagi diplomatik vakolatxonalari 14 may kuni vatandoshlar koʻmagi bilan ikkita katta qozonda palov tayyorlab, "Rahmat!" xayriya tadbirini oʻtkazdilar. 

  • "Hayotni saqlab qolganingiz uchun tashakkur!" shiori ostida mazali taomlarning bir qismi Moskvadagi turli tibbiyot muassasalarida ishlaydigan koʻplab shifokorlarga topshirildi.
  • "Oʻz-oʻzini yakkalash tartibiga amal qilganingiz uchun tashakkur!" shiori ostida ayni Rossiya poytaxtidagi yotoqxonalarida Oʻzbekistonga charter parvozlarni kutayotgan oʻzbekistonliklarga ham sovgʻa qilindi.

Taʼkidlash joizki, qabul qiluvchilar orasida hozirda COVID-19 infektsiyasidan aziyat chekayotganlar ham bor. Ular Rossiya rasmiylarining koʻrsatmalariga koʻra, izolyatsiya holatida, shifokorlar nazorati ostida ambulatoriya sharoitida davolanishmoqda.

Blagotvoritelnaya aktsiya Spasibo, organizovannaya sotrudnikami posolstva Uzbekistana v RF
Posolstvo Uzbekistana v RF
Blagotvoritelnaya aktsiya "Spasibo", organizovannaya sotrudnikami posolstva Uzbekistana v RF

Ushbu aktsiya Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning vatandoshlarimizga koʻmaklashish maqsadida “Saxovat va koʻmak” tashabbusi doirasida Oʻzbekistonning Rossiyadagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan olib borilayotgan ishlarning davomi boʻldi. tadbir doirasida har kuni mehnat muhojirlari, talabalar va boshqa vatandoshlarga oziq-ovqat, dori-darmon va gigiyena vositalari bilan taʼminlanmoqda.

Oʻzbekistonning diplomatik vakolatxonalari tegishli homiylarga va barcha sheriklarga koronavirus infektsiyasiga qarshi birgalikda kurashda koʻrsatgan yordamlari uchun minnatdorchilik bildiradilar.

Blagotvoritelnaya aktsiya Spasibo, organizovannaya sotrudnikami posolstva Uzbekistana v RF
Posolstvo Uzbekistana v RF
Blagotvoritelnaya aktsiya "Spasibo", organizovannaya sotrudnikami posolstva Uzbekistana v RF

Asosiy mavzular