03:28 06 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (56)
30310

Shavkat Mirziyoyevning maʼlum qilishicha, toshqindan zarar koʻrganlar yangi koʻp qavatli uylarga va oʻzlarining taʼmirlangan hovli-joylariga 1 sentyabrgacha toʻliq koʻchib oʻtishi mumkin boʻladi.

TOSHKENT, 15 may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Sardoba tumanida mahalliy aholi vakillari bilan uchrushuv oʻtkazdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev suv omborida yuz bergan texnogen avariya juda katta sinov boʻlganini, Hukumat komissiyasi tashkil etilib, toshqin oqibatlarini bartaraf etishga barcha kuch va imkoniyatlar safarbar qilinganini yana bir bor qayd etdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s jitelyami Sardobinskogo rayona.
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezident Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s jitelyami Sardobinskogo rayona.

Prezident har soat, har daqiqa bu yerdagi ishlar holatini surishtirib turgani, telefon orqali hisobot olayotganini maʼlum qildi.

Aholining turmush sharoitlarini tiklash asosiy vazifa ekani, zararlangan uylarni taʼmirlash hamda yangi turar joylar qurish boʻyicha ishlar boshlab yuborilgani taʼkidlandi.

“Taʼmirlanadigan uylar ham, yangi quriladiganlari ham davlat tomonidan bepul qurib-taʼmirlab beriladi. Odamlar yangi koʻp qavatli uylarga va oʻzlarining taʼmirlangan hovli-joylariga 1 sentyabrgacha toʻliq koʻchib oʻtishi mumkin boʻladi. Shu bilan birga, uylari zararlangan odamlarning ilgarigi hovlilari ham oʻzlarida qoladi”, – dedi prezident.

“Suv toshqinidan zarar koʻrgan 4,5 mingdan ziyod xonadon egalarining har biriga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentidan 40 million soʻmlik moddiy yordam, shuningdek, televizor, muzlatgich, kir yuvish mashinasi, minipech, elektr choynak va dazmol kabi maishiy texnikalardan iborat sovgʻalar topshirilmoqda”, - deyilgan prezident matbuot xizmati xabarida.

Qayd etilishicha, Alisher Usmonov ajratgan 10 million dollar xayriya mablagʻi ham shunga yoʻnaltirilgan. Sirdaryo viloyatiga koʻmak uchun hokimliklar, vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari hamda tadbirkorlar ham yordam koʻrsatgan.

Uchrashuvda qatnashgan sardobaliklarga tegishli sertifikat va bank kartochkalari tarqatildi.

Mavzu:
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (56)

Asosiy mavzular