03:24 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
325 0 0

Karantin davrida mahalliy yoʻnalishlarda avia va temir yoʻl qatnovlarini yoʻlga qoʻyishning vaqtinchalik tartibi haqida maʼlumot berildi.

TOSHKENT, 15 may — Sputnik. Oʻzbekiston Transport vazirligi axborot xizmati rahbari Navroʻz Ashurmatov karantin davrida mahalliy yoʻnalishlarda avia va temir yoʻl qatnovlarini yoʻlga qoʻyishning vaqtinchalik tartibi haqida maʼlumot berdi.

Mazkur tartibga muvofiq yoʻlovchilarga quyidagi talablar qoʻyiladi:

  • reyslarga chiqish istagida boʻlgan yoʻlovchilar koronavirus infektsiyasiga test topshirishi lozim;
  • koronavirus test tahlillari olinganiga 120 soatdan koʻp boʻlmagan va tahlil natijasi manfiy ekanligi haqidagi maʼlumotnomaga ega boʻlgan yoʻlovchilar reyslarga qoʻyiladi;

Shuningdek, barcha yoʻlovchilar aeroport va temir yoʻl vokzallari hududiga kirishdan oldin tana harorati oʻlchanadi. Tana harorati 37° S dan yuqori boʻlmagan yoʻlovchilar dezinfektor yordamida zararsizlantiriladi hamda havo va temir yoʻl transportlariga bir martalik himoya niqoblari va qoʻlqoplarda kiritiladi.

Qayd etilishicha, tana harorati 37 ° S dan yuqori boʻlgan yoʻlovchilarga avia va temir yoʻl xizmatlaridan foydalanishga ruxsat berilmaydi. Bunday holatlarda yoʻlovchiga chipta puli belgilangan tartibda qaytarib beriladi.

Yoʻlovchilar aeroport va temir yoʻl vokzallarida ijtimoiy masofani saqlashlari hamda yoʻnaltiruvchi maxsus tasmalar boʻylab harakatlanishlari shart.

Aeroport va temir yoʻl vokzallarida umumiy ovqatlanish, xizmat koʻrsatish va savdo shoxobchalarining faoliyat yuritishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Yoʻlovchilar savdo avtomatlaridan foydalanishlari mumkin.

Yoʻlovchilar havo kemalariga va temir yoʻl vagonlariga ijtimoiy masofani saqlagan holda joylashtiriladi. Avia va temir yoʻl qatnovlariga elektron chiptalar onlayn tarzda sotiladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda 18 maydan boshlab mamlakat ichidagi avia va temir yoʻl harakati qisman tiklanishi xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular