12:36 03 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
175 0 0

Avvalroq poytaxtdagi "Abu Saxiy" bozori ochilgani, faoliyatiga ruxsat berilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

TOSHKENT, 15 may — Sputnik. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Botirjon Qurbonov poytaxtdagi “Abu Saxiy” faoliyatiga ruxsat berilganini rad etdi.

Avvalroq poytaxtdagi "Abu Saxiy" bozori ochilgani, faoliyatiga ruxsat berilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ayni vaqtda respublika maxsus komissiyasining qarori bilan oziq-ovqat faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan xizmat turlari hududning toifalanishidan qatʼiy nazar faoliyat koʻrsatib kelmoqda. “Abu Saxiy” buyum bozori faoliyatiga ruxsat berilmagan va bu kabi xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi”, - dedi u AOKAdagi brifingda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 24 martdan dehqon bozorlaridan tashqari barcha bozorlarning faoliyati toʻxtatilgan.

Asosiy mavzular