03:03 06 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
671 0 0

Oʻzbekistonda aholiga ID-karta berish 2021 yilda boshlanib 2030 yil yanvarigacha davom etadi. Ushbu hujjat nafaqat shaxsni tasdiqlovchi guvohnoma, balkim haydovchilik guvohnomasi, bank kartasi, ochiq kalit, elektron hamyon boʻlib xizmat qilishi mumkin.

TOSHKENT, 14 may - Sputnik. Oʻzbekiston IIV 2021 yildan boshlab mamlakatda ID-kartalarni joriy qilishni nazarda tutadigan qonun loyihasini eʼlon qilindi.

Respublika mustaqillikka erishgach, ushbu tartib fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi rasmiy hujjatni almashtirishning uchinchi bosqichi boʻladi. Xalqaro amaliyot shuni koʻrsatadiki, koʻp funktsiyali ID-kartalar bugungi kunda dunyoning koʻplab mamlakatlarida qoʻllanilib kelmoqda va qogʻoz variantini munosib oʻrnini bosuvchi hisoblanadi.

S 1 yanvarya 2021 goda vmesto biometricheskogo pasporta budut vыdavatsya ID-kartы
S 1 yanvarya 2021 goda vmesto biometricheskogo pasporta budut vыdavatsya ID-kartы

Oʻzbekistonda 2011 yil namunasidagi ichki pasportni shaxsiy guvohnomaga almashtirish 2021 yildan barcha fuqarolar uchun majburiy boʻlib qoladi va 2030 yilgacha amalga oshiriladi. Belgilangan muddat tugaganidan keyin ilgari berilgan hujjat haqiqiy emas deb hisoblanadi. ID-kartalar tugʻilgan paytdan boshlab 1 yoshgacha - 2 yil muddatga beriladi; 1 yildan 16 yoshgacha - 5 yilga; 16 yoshga toʻlgan fuqarolar uchun - 10 yilga.

Oʻzbekiston Adliya vazirligi maʼlum qilishicha, prezident farmoniga asoslanib, shaxsni tasdiqlovchi hujjat berish uchun davlat boji bazaviy miqdorning 89 foizini (198 470 soʻm) tashkil etadi.

ID-karta nima uchun kerak?

Fuqarolarni raqamli identifikatsiya qilish vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan oʻzaro aloqada shaxsni tezkor aniqlash imkonini beradi, bu aholiga davlat xizmatlarini koʻrsatish xizmatlari ishini sezilarli darajada osonlashtiradi va optimallashtiradi.

Shuni taʼkidlash kerakki, ID-karta chipida qayd etilgan maʼlumotlarning maxfiyligi alohida xizmatlarga talluqli boʻlgan va ruxsat etilgan darajada qatʼiyan cheklangan. Masalan, huquqni muhofaza qilish organlari ayrim maʼlumotlarni koʻra olsa, tibbiy yoki ijtimoiy xizmatlar esa boshqalarini koʻra oladi.

Xavfsizlik nuqtai nazaridan, egasi haqidagi barcha maʼlumotlar shifrlangan va kartaga yuklab olingan ilovalarni hech kim oʻqiy olmaydi. Qoida boʻyicha, ID-kartani ishlatishda avtorizatsiya qilish va operatsiyani tasdiqlash uchun individual PIN-kodlar shaklida ikki darajali xavfsizlik tizimi qoʻllaniladi.

Oʻzbekistonda pasport tizimining rivojlanishi

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining birinchi pasporti 1992 yilda joriy qilingan va 18 yil davomida oʻz mavqeini mustahkam ushlab turdi, ammo yuqori texnologiyalar rivojlanib borishi bilan davlat tuzilmalarining mexanizmlari ham oʻzgardi, natijada eski rusumdagi pasportni yangisiga almashtirish zaruriyati paydo boʻldi.

Oʻzbekiston Respublikasi biometrik pasporti 2011 yil 5 yanvardan boshlab Prezident Islom Karimovning Farmoniga binoan joriy qilindi, ilgari berilgan hujjat esa 2015 yil 31 dekabrgacha amal qildi, keyinchalik 2018 yil fevralgacha uzaytirildi va 2019 yil 31 dekabrda oʻz vakolatlarini toʻliq yoʻqotdi.

2011 yilda biometrik pasportlar, asosan davlat xizmatchilari va mamlakat tashqarisida boʻlgan yoki yashayotgan shaxslarga berilgan, 2012 yildan boshlab ular barcha Oʻzbekiston fuqarolari olsa boʻladigan boʻldi. Biometrik maʼlumotlarga ega pasport oʻn yil, oʻn olti yoshga toʻlmagan boʻlgan bolalar uchun esa besh yil davomida amal qiladi.

2019 yil 1 yanvardan boshlab Oʻzbekistonda chet elga chiqish uchun biometrik pasportlarni berilishi boshlandi, bu ikki yil muddatga berilgan ruxsat beruvchi stikerlar atrofidagi vaziyatni ancha soddalashtirdi, bu stikerlar boshqa davlat hududida doimiy yashaydigan fuqarolarga noqulayliklar tugʻdirgan.

Zarur xavfsizlik choralari

Zamonaviy dunyoda ID-kartaga oʻtish shaxs toʻgʻrisida maʼlumotni bir vositada saqlash xavfsizlik nuqtai nazaridan zarur choradir.

Identifikatsion kartalar - bu shaxsiylashtirilgan maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan barcha plastik kartalardir: elektron ruhsatnoma, bank kartasi, haydovchilik guvohnomasi. Bugungi kunda, koʻplab mamlakatlarda  ID-kartalar joriy etilmoqda, ularning baʼzilarida rasmiy hujjatni berish majburiy tartib hisoblanadi, boshqalarida esa bu ixtiyoriydir.

Markaziy Osiyoda ID 

Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida, identifikatsion kartalar Qozogʻiston va Qirgʻizistonda joriy qilingan.

Qozogʻistonda yangi namunadagi shaxsni tasdiqlovchi guvoxnoma sifatida chipli smart-karta 2008 yil 26 iyunda joriy etildi va 2014 yil 1 dekabrda u egasining oq-qora fotosuratini ranglisiga almashtirish va golografik koʻrinishdagi qoʻshimcha xavfsizlik elementini qoʻshilishi bilan kichik oʻzgarishlarga duch keldi. hujjat egasining rasmlari. ID-kartalar 10 yilga moʻljallangan va fuqarolarga 16 yoshdan boshlab beriladi.

Qirgʻizistonda identifikatsion kartalar 2004 yil 27 iyuldan joriy qilindi,  2017 yil 1 maydan boshlab esa egasi haqida toʻliq shaxsiy maʼlumotlar, shu jumladan biometrik maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan chip bilan jihozlangan yangi avloddagi eID-kartalari chiqarildi. ID-kartasi 16 yoshga toʻlgan fuqarolarga 10 yil muddatga beriladi.

ID-karta joriy etishda jahon amaliyoti

Fuqarolarning shaxsiy identifikatsion maʼlumotlari: fotosurat, shaxsiy va biometrik maʼlumotlarini oʻz ichiga olgan  ID-kartani birinchi boʻlib joriy etgan davlat Malayziya boʻldi.

Malayziya 2001 yil sentyabr oyida MSC Malaysia dasturi doirasida sobiq Bosh vazir Mahathir Mohamadning tashabbusi bilan smart-kartalardan foydalanish boʻyicha loyiha boshlandi. Malayziyada 12 yoshdan oshgan har bir fuqaroga shaxsni tasdiqlovchi hujjat beriladi, bu nafaqat shaxsni tasdiqlovchi guvohnoma, balki haydovchilik guvohnomasi, bank kartasi, ochiq kalit, elektron hamyon boʻlib, koʻplab sodiqlik dasturlari ilovalarida qoʻllaniladi. 2019 yil iyun oyida Malayziyada Digital ID loyihasi doirasida raqamli identifikatsiya tizimini ishlab chiqish boʻyicha tender eʼlon qilindi.

Singapur Respublikasi 2000-yillarning boshlarida, birinchilardan boʻlib, shaxsni tasdiqlovchi hujjat va davlat xizmatlarining kalitini oʻzida mujassam etgan elektron pasportni joriy qildi, ammo loyiha hali ham toʻlov vositasi sifatida oʻzining tijoriy rivojlanishini olmadi.

Amerikada identifikatsion karta haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmaganlar uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjatdir. Bir vaqtning oʻzida ikkita hujjatning mavjudligi barcha shtatlarda noqonuniy hisoblanadi. Haydovchilik guvohnomasini olgandan keyin egasi ID-kartani qaytarib berishi kerak. Identifikatsion karta egasi bankda hisob raqami ochishi, ijtimoiy va tibbiy yordam olishi, turmush qurishi, uy sotib olishi, uy hayvonini sotib olishi, dorixonada retsept boʻyicha dori-darmonlarni olishi, qon donoriga aylanishi va boshqa koʻp harakatlarni amalga oshirishi mumkin. AQSHDa ID-kartani har qanday yoshda shtatning avtotransport vositalarini roʻyxatga olish Boʻlimiga murojaat qilib olishingiz mumkin. Karta 6 va 10 yil muddatga beriladi.

Yevropa Ittifoqida 2019 yil 1-avgustdan boshlab fuqarolar va rezidentlarga egasi toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot: shaxsiy maʼlumotlar, identifikatsiya raqami, sertifikatlar va kriptografik kalitlar saqlanadigan chipli milliy ID-kartalar berilmoqda.

Identifikatsion karta Yevropa Ittifoqi boʻylab sayohat qilishda va uning tashqi chegaralarini kesib oʻtishda shaxsiy guvohnoma sifatida ishlatiladi. ID-karta 10 yil muddatga, voyaga yetmaganlar uchun - 5 yilgacha, 70 yoshdan oshganlarga - umrbod taqdim etiladi.

Estoniyada identifikatsion smart-karta fuqarolarga 2002 yildan beri beriladi va bu shaxsning birlamchi shaxsiy guvohnomasi boʻlib, u davlat hududida amal qiladi va Yevropa Ittifoqi tomonidan rasmiy hujjat sifatida tan olingan. Yevropa Ittifoqi hududidan tashqarida sayohat qilish uchun Shveytsariya, Islandiya, Norvegiya, Chernogoriya va Makedoniyadan tashqari estoniyaliklar yonida biometrik pasport boʻlishi kerak. Smart-kartadan davlat xizmatlarida, elektron ovoz berishda, veb-kolonkalarga sharhlarda va virtual yoʻl chiptasi sifatida foydalanish mumkin.

Isroilda identifikatsion karta - bu 16 yoshga toʻlgan barcha fuqarolar tomonidan olinadigan «teudat-zeut» milliy shaxsni tasdiqlovchi hujjatdir. 2013 yilda mamlakatda yanada ishonchli xavfsizlik tizimiga ega boʻlgan biometrik smart-kartalar sinovi boshlandi, shuning uchun 2017 yil 1 iyundan boshlab biometrik boʻlmagan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni berilishi toʻxtatildi.

Ukraina 2016 yil 1 yanvardan shaxsni tasdiqlash uchun rasmiy hujjat sifatida plastik ID-kartalarni joriy qildi va keyingi besh yil ichida ular ichki qogʻoz pasportlarni toʻliq oʻrnini egallaydi. ID-karta 14 yoshga toʻlgan Ukraina fuqarolariga beriladi. Amal qilish muddati 4 yil va 10 yil.

Rossiyada elektron pasportlar 2023 yildan boshlab, Moskvada esa 2020 yil iyul oyidan boshlab berilishi rejalashtirilgan. Qogʻoz pasportini ID-kartaga almashtirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Asosiy mavzular