04:11 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
74220

Bugun erta tongda amalga oshirilgan reys orqali Singapur va Kuala-Lumpurdan fuqarolar olib kelindi. Singapurdan olingan fuqarolarning 113 nafarini talabalar tashkil etadi.

TOSHKENT, 16 may - Sputnik. Oʻzbekiston prezidentining topshirigʻiga asosan chet davlatlarda qolib ketgan fuqarolarni vatanga qaytarish ishlari davom ettirilmoqda. Sputnik Oʻzbekiston muxbiri kuni bugun erta tongda "Toshkent - Kuala-Lumpur-Singapur-Toshkent" charter reysi orqali fuqarolarning Oʻzbekistonga qaytib kelishlarini shaxsan kuzatdi.

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Uzbekistan vozvraщayet charternыmi reysami zastryavshix za rubejom grajdan iz-za koronavirusa

 

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish uchun charter reyslar tashkil qilingan va 11 may kuni Dubay, Minsk, Seul va Dehli shahridan 800 nafardan ortiq oʻzbekistonliklar vatanga olib kelingan edi.

"Toshkent - Kuala-Lumpur-Singapur-Toshkent" charter reysi bilan 237 nafar fuqaro Oʻzbekistonga olib kelindi.

"Davlatimiz rahbarining bevosita topshiriqlariga asosan, bugungi kunda xorijda boʻlib turgan fuqarolarimizni Vatanga qaytarish boʻyicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Mazkur topshiriq ijrosini bajarish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi elchixonalari va konsulliklari, Transport vazirligi va Uzbekistan Airways AJ tomonidan Oʻzbekistonga qaytish istagida boʻlgan fuqarolarning roʻyxati shakllantirilgan. Ular bosqichma-bosqich Oʻzbekistonga olib kelish jarayoni amalga oshirilmoqda. 11 maydan 24 maygacha boʻlgan davr oraligʻida bir qator yoʻnalishlar boʻyicha parvozlar jadvali belgilangan boʻlib, 16 mayga qadar rejaga muvofiq Frankfurt, Moskva, Sankt-Peterburg va Istanbul yoʻnalishlari boʻyicha chartur parvozlar amalga oshirilgan", - dedi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri bilan suhbatda Transport vazirligi axborot xizmati rahbari Navruz Ashurmatov.

Mazkur reys orqali 137 fuqaro Singapurdan va 119 nafari Kuala-Lumpurdan olingan boʻlib, Singapurdan olingan fuqarolarning 113 nafarini talabalar tashkil etadi.

Ularning barchasi 14 kunlik karantinga olib borib joylashtiriladi. 

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Uzbekistan vozvraщayet charternыmi reysami zastryavshix za rubejom grajdan iz-za koronavirusa

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ham bu kabi ishlarga befarq qarab turgani yoʻq. Izohlar orasida pandemiya sharoitida, davlatlararo chegaralar yopiq boʻlishiga qaramay, fuqarolarni oʻz holiga tashlab qoʻymagan va qoʻllab-quvvatlayotgani uchun hukumat rahbarlariga minnatdorlik izhor qilayotgan, koronavirus bilan bogʻliq yuzaga kelgan murakkab bir sharoitda oʻz burchiga sodiq qolib, haqiqiy qahramonlik koʻrsatayotgan uchuvchilar va bort kuzatuvchilarini olqishlayotgan foydalanuvchilar koʻplab topiladi.

Asosiy mavzular