03:59 06 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
297 0 0

Oʻzbekistonda 17 may kuni 7 nafar yangi bemor aniqlangan, ularning barchasi yaqinda xorijdan kelgan fuqarolar.

TOSHKENT, 18 may - Sputnik. Sogʻliqni saqlash vazirligi xabariga koʻra, 17 may soat 23:00 holatiga Oʻzbekistonda Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 2753 kishini tashkil qilgan. 

"17 may kuni 7 nafar yangi bemor aniqlangan. Ulardan 2 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi boʻlsa, 3 nafar fuqaro Sankt-Peterburgdan kelgan, 2 nafari esa oldindan karantinda boʻlgan fuqarolardir", - deyilgan xabarda. 

Ayni paytda Oʻzbekistonda koronavirusdan davolanish koʻrsatkichi 81 %ga yetdi - 2247 nafar fuqaro koronavirus infektsiyasidan butunlay forigʻ boʻldi. Qolgan barcha bemorlarga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, 2020 yil 13 may kunidan boshlab Samarqand shahri boʻyicha karantin qoidalari kuchaytirilgan va bu cheklovlar oʻz kuchida qoladi. Respublikaning boshqa hududlarida joriy etilgan, karantinni yengillashtirish shartlari Samarqandda tatbiq etilmaydi.  

 

Asosiy mavzular