03:11 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
95 0 0

Yevropa va Osiyo davlatlaridan taklif qilingan ekspertlar FV sabablarini oʻrganib suv omboridan kelajakda foydalanish istiqbollariga baho beradi.

TOSHKENT, 18 may - Sputnik. Oʻzbekiston hukumati bir qator davlatlardan xorijiy ekspertlarni taklif qilib Sirdaryoda sodir boʻlgan suv toshqini sabablarini oʻrganadi, deb Shavkat Mirziyoyevning soʻzlarini keltirdi “Oʻzbekiston 24” telekanali.

“Toʻgʻon yorilishi sabablarini aniqlash maqsadida Frantsiya, Yevropa, Osiyo, Turkiya va Rossiyadan eng yaxshi ekspertlar taklif qilinadi”, - dedi prezident.

Shuningdek, xalqaro ekspertlar Sirdaryo va Jizzax viloyatlarining qishloq xoʻjalik sektori uchun muhim boʻlgan ushbu suv omboridan kelajakda foydalanish istiqbollariga ham baho berishadi.

“Hammaga suv kerak. Suv omborini qurish haqidagi qaror toʻgʻri boʻlgan, lekin mana shunday hodisa yuz berdi”, - dedi prezident.

Eslatib oʻtamiz, 1 may kuni Sardoba suv omborining toʻgʻoni yorilishi oqibatida Sirdaryo viloyatining hamda Qoʻshni Qozogʻiston Respublikasining bir necha qishloqlaridagi uy va ekin yerlari suv ostida qolgan edi. Suv toshqini oqibatida 6 kishi qurbon boʻldi.

Ayni damda Oʻzbekiston Tergov organlari tomonidan ushbu favqulodda holat sabablarini 4 yoʻnalish boʻyicha oʻrganishmoqda: loyihalashtirishda yoʻq qoʻyilgan xatolik, belgilangan talabga javob bermaydigan qurilish ishlari, ekspluatatsiya jarayonidagi xatolik va tabiiy ofat.

Mavzu boʻyicha

“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi

Asosiy mavzular