22:45 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
161 0 0

Oʻzbekistonda bugundan qariyb ikki oydan soʻng qator mahalliy yoʻnalishlarda poyezdlar harakati qisman tiklandi.

TOSHKENT, 18 may — Sputnik. Bugun soat 07: 00 da Toshkent – Navoiy – Buxoro yoʻnalishida “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezd joʻnab ketdi. Bu haqda Transport vazirligi xabar qilmoqda.

Shuningdek, soat 08:00 da Toshkent – Qarshi yoʻnalishida “Afrosiyob” poyezdi vokzaldan joʻnab ketgan.

Soat 08:05 da esa “Toshkent-Janubiy” vokzalidan Toshkent – Andijon yoʻnalishidagi joʻnab ketgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq 2020 yil 18 may kunidan boshlab ayrim shaharlararo qatnovlarga ruxsat berilishi xabar qilingan edi.

Shu bilan birga temir yoʻl qatnovlarini tashkil etishda barcha karantin qoidalariga amal qilish, shu jumladan, yoʻlovchilar sonini kamaytirish, dezinfektsiya qilish va boshqa sanitariya talablari soʻzsiz bajarilishi talab etiladi.

Shuningdek, poyezdlarga chiqayotgan yoʻlovchilar uchun muhim shartlaridan biri – Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi markazi tomonidan koronavirus infektsiyasiga test tahlillari olinganiga 120 soatdan koʻp boʻlmagan va tahlil natijasi manfiy ekanligi haqidagi maʼlumotnomaga ega boʻlishlari kerak.

Asosiy mavzular