19:16 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
732 0 0

Hisobot mualliflari toʻgʻon oʻpirilishini tezkor tahlil qilish va baholash uchun hali erta va bu borada xulosalar sayoz boʻlishi mumkinligini aytib oʻtishgan.

TOSHKENT, 18 may - Sputnik. Niderlandiyalik mutaxassislar Sardoba suv ombori toʻgʻonining oʻpirilishini oʻrganib maxsus hisobot tayyorladilar, deb xabar beradi "Dunyo" AA.

Ushbu hisobot Deltares bilan bogʻliq mutaxassislar guruhi tomonidan sunʼiy yoʻldosh maʼlumotlari asosida tayyorlangan va unda asosan tabiiy sabablar hisobga olingan.

"Suv oʻpirilish katta miqdordagi yogʻingarchilikdan toʻgʻon xaddan tashqari toʻlishi, shamol toʻlqini yoki quvurlar ichidagi eroziya natijasida sodir boʻlishi mumkin", deyiladi maʼlumotda.

Shunga qaramay, maʼruza mualliflari toʻgʻon oʻpirilishi tezkor tahlili va baholash hali ertaki, sayoz ekanligini eslatdilar. Toʻgʻon oʻpirilishining asosiy jarayonlari va sabablarini tushunish toshqinni chuqur va batafsil baholashni talab qiladi.

Ularning fikriga koʻra, muntazam va qoʻshimcha monitoring va tekshirish tizimlarini yaratish, suv resurslari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tayyorlash, prognoz qilish, erta ogohlantirish, qarorlarni qabul qilish va boshqarish tizimlarini qoʻllab-quvvatlash, taʼsirni baholash va favqulodda vaziyatlar rejasi, favqulodda vaziyatlarni boshqarish va hokazolar, havfga asoslangan tabiiy ofatlarni boshqarish kabi notuzilmaviy choralarni kuchaytirish ham davlat idoralari uchun muhim vazifadir.

Biroq, zarur shart-sharoitlarning aksariyati yaratilib boʻlgan, faqat ularni ilgʻor bilimlar, koʻnikmalar, innovatsion texnologiyalar va ilgʻor tajribalar asosida takomillashtirish va kuchaytirish kerak.

Eslatib oʻtamiz, 1 may kuni Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori toʻgʻonidan suv oʻpirilishi roʻy berdi. Bir necha aholi punktlari suv ostida qoldi, yoʻllar va qishloq xoʻjaligi yerlari zararlandi va vayron boʻldi. Hatto Qozogʻistonning janubiy tumanlari ham zararlandi.

Olti kishi tabiiy ofat qurboni boʻldi  (ikki ayol va toʻrt erkak), yana bir kishi bedarak yoʻqolgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining "Mansabga sovuqqonlik bilan qarash" va "Togʻ-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish" moddalari boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatildi.

Tergovchilar tomonidan roʻy bergan voqeaning toʻrtta versiyasi koʻrib chiqilmoqda: loyihalash xatolari, qurilish qoidalariga rioya qilmaslik, foydalanish jarayonidagi xatolar va tabiiy ofat.

Asosiy mavzular