04:00 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (884)
99 0 0

Oʻzbekiston TIV Konsullik-huquqiy departamenti tomonidan sanitar-gigiyenik norma talablariga rioya qilgan holda fuqarolar qabuli tiklandi.

TOSHKENT, 18 may — Sputnik. Respublikada epidemiologik holat barqarorlashgani va karantin choralari bosqichma-bosqich yumshatilayotgani hamda aholiga uzluksiz konsullik-huquqiy xizmat koʻrsatishni taʼminlash maqsadida 2020 yil 18 maydan boshlab Oʻzbekiston TIV Konsullik-huquqiy departamenti tomonidan sanitar-gigiyenik norma talablariga rioya qilgan holda fuqarolar qabuli tiklandi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, qabul amalga oshirilayotgan binoga kirish yoʻlaklari pirometr va antiseptik vositalari bilan taʼminlangan. Fuqarolar qabuli ijtimoiy masofa (2 metr) saqlangan va shaxsiy himoya vositalaridan (tibbiy niqob, bir martalik qoʻlqop va antiseptik vositalar) foydalangan holda yoʻlga qoʻyiladi.

Qabul vaqtlari: 10:00 dan 12:00 gacha va 14:00 dan 17:00 gacha.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (884)

Asosiy mavzular