03:53 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
84611

Garvard maktabi professori, tibbiyot fanlar doktori Marta Guash Ferre yurak uchun eng foydali boʻlgan mahsulot nomini aytdi.

TOSHKENT, 18 may — Sputnik. Yongʻoq yurak uchun eng foydali mahsulot, - deydi Garvard maktabi professori, tibbiyot fanlar doktori Marta Guash Ferre La Vanguardia nashriga.

Uning soʻzlariga koʻra, yongʻoq oʻziga xos noyob ozuqaviy profilga ega.

"Yongʻoq boshqa yongʻoqlarga qaraganda bir oz boshqacha tarkibga ega, chunki ularning tarkibida alfa-linolenik kislota koʻproq boʻladi, bu baliq tarkibida boʻlgan omega-3 yogʻ kislotasi", - deb tushuntirdi shifokor.

Bundan tashqari, yongʻoq vitaminlar, minerallar va antioksidantlarga boy.

Ferre yongʻoqning muntazam isteʼmol qilinishi yurak-qon tomir tizimi kasalliklarining rivojlanishiga toʻsqinlik qilishi, shuningdek lipidlar profilini yaxshilashi va yalligʻlanishga qarshi taʼsirga ega ekanligini taʼkidladi.

Asosiy mavzular