TOSHKENT, 18 may — Sputnik. Toshkentda koronavirusga chalingan samarqandlik bemor vafot etdi, deb xabar qildi SSV matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, samarqandlik I. (erkak) 14 may kuni ogʻir ahvolda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqiziladi.
Oʻtkazilgan diagnostik tahlillardan soʻng bemorda “COVID-19” infektsiyasi ham aniqlangan.
Shundan keyin bemorga ixtisoslashgan tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasiga oʻtkazilgan. Bemor uzoq vaqt davomida jigar tsirrozi tashxisi bilan davolanib kelgan. Bundan tashqari, unda semizlik, anemiyaning ogʻir darajasi kabi qator hamroh kasalliklar ham mavjud boʻlgan.
Koʻrsatilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan, bemor yurak qon-tomir va oʻtkir nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.