19:14 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
297 0 0

Karantindagi fuqaro Uchtepa tumanidagi 62-sonli oilaviy poliklinikaga kelgan. Oʻsha kuni navbatchilikda boʻlgan 11 nafar shifokor karantin hududiga yuborilgan.

TOSHKENT, 18 may — Sputnik. AOKAda bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing boʻlib oʻtdi.

Nurmat Otabekovning maʼlum qilishicha, Uchtepa tumanidagi 62-sonli oilaviy poliklinika haqiqatan karantinga yopilgan.

“Karantindagi fuqaro poliklinikaga kelgani sababli oʻsha kuni navbatchilikda boʻlgan 11 nafar shifokor Yuqori Chirchiq tumani, Oʻrtasaroy aholi yashash punktidagi karantin zonasiga yuborildi, qolganlari uy sharoitida karantinda qolgan”, - dedi u.

Taʼkidlanishicha, ularning birontasida ham koronavirus aniqlanmagan, faqatgina muloqotda boʻlganliklari uchun 14 kun davomida karantin sharoitida tibbiy nazorat ostida boʻlishadi.

Asosiy mavzular