14:48 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
12710

Bosh prokuratura SSV murojaatiga muvofiq samarqandlik shifokorgi nisbatan qoʻllanilgan jinoyat ishini qayta koʻrib chiqib uni bekor qildi.

TOSHKENT, 19 may - Sputnik. Bosh prokuratura tomonidan Samarqand viloyati Oqdaryo tumani tibbiy birlashmasi boʻlim boshligʻi shifokor X.D.ga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi bekor qilindi. Bu haqida Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Bosh prokuratura xabarida aytilishiga koʻra, ushbu ish yuzasida olib borilgan tergovga qadar tekshiruv ishlari toʻliq oʻtkazilmagan va jinoyat ishi ochish haqidagi qaror shoshma-shosharlik bilan qabul qilingan. Shu sababli shifokor X.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi jinoyat ishi Bosh prokuratura tomonidan bekor qilingan.

"Murojaat Bosh prokuratura tomonidan chuqur oʻrganilib, tezkorlik bilan ijobiy hal qilinganligi shifokorlarimizni quvontirishi, oʻz kasbiga nisbatan yana-da masʼuliyat bilan yondashib, faoliyat yuritishlariga zamin yaratishi shubhasiz", - deyilgan SSV xabarida.  

Eslatib oʻtamiz, biroz oldin Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani tibbiy birlagmasida boʻlim boshligʻi boʻlib ishlovchi shifokor koronavirusga qalinishiga qaramasdan oʻz-oʻzini izolyatsiya qilmagan va oila aʼzolari hamda bemorlardan bir necha nafariga virus yuqtirgan. Ushbu munosabat bilan huquqni saqlash organlari unga nisbatan jinoyat ishi ochgani haqida xabar qilgan edik. 

Shundan soʻng Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov jinoyat ishi qoʻzgʻatish haqidagi qaror asossizligini va masalani qaytadan koʻrib chiqishni soʻrab Bosh prokuraturaga murojaat qilgan edi. 

Asosiy mavzular