02:51 06 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
196 0 0

Speedtest Global Index aprel oyi hisobotiga koʻra, Oʻzbekiston bir pogʻana yuqorilab, 94-oʻrinni egallagan.

TOSHKENT, 19 may — Sputnik. Simli aloqa Internet tezligi jahon reytingi boʻyicha Oʻzbekiston yana bir pogʻonaga koʻtarildi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar qildi.

Speedtest Global Index aprel oyi hisobotiga koʻra, Oʻzbekiston bir pogʻona yuqorilab, 94-oʻrinni egallagan.

Taʼkidlanishicha, mamlakat bir yil davomida 37 pogʻona koʻtarilgan, yaʼni 131-oʻrindan 94-pogʻonaga koʻtarilgan. Umuman oxirgi yil natijalariga koʻra Oʻzbekistonda aniqlangan internet tezligi kariyb 2,3 barovar oʻsgan: 11,62 Mbit/s. 2019 yil mart holatiga koʻra 25,88 Mbit/s. gacha (yuklash) 2020 yil aprel holatiga nisbatan.

2020 yil aprel holatiga koʻra mamlakat aniqlangan Internet tezligi boʻyicha bir qator davlatlardan oldinda: Turkiya (97-oʻrin) ,Gruziya (95-oʻrin), Ozarbayjon (114-oʻrin), Tojikiston (99-oʻrin), va Turkmaniston (174-oʻrin).

Asosiy mavzular