“O‘TY” sanitariya talablariga rioya qilinmagani aytilgan video yuzasidan izoh berdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovProverka bileta pered otpravleniyem na vokzale v Tashkente
Proverka bileta pered otpravleniyem na vokzale v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon–Toshkent yo‘nalishidagi poyezd vagonida yo‘lovchilar meyordan ko‘p olingani, yuzlab yo‘lovchi tiqilib manziliga yetgani aytilgan video tarqaldi.

TOShKENT, 19-may — Sputnik. “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi ijtimoy tarmoqda tarqalgan videoga munosabat bildirdi.

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Andijon–Toshkent yo‘nalishidagi poyezd vagonida yo‘lovchilar meyordan ko‘p olingani, yuzlab yo‘lovchi vagonlarda tiqilib kelgani aytilgan video tarqalgan.

“Oraliq masofa haqida gapirmasa ham bo‘ladi! Bu ahvolda virus tarqalishi mumkin-ku!” - deya e’tiroz bildirgan muallif.

Karantindan so‘ng Toshkentda vokzallar va aeroport ochildi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda aeroport va vokzallar ochildi - video

Kompaniya pandemiya davrida Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi bunyodkorlik ishlarida respublikaning turli hududlaridan ishchi xodimlar faoliyat olib borayotganini eslatgan. Ish jarayoni vaxta usulida tashkil qilinganligi bois, ishchilar keng jamoatchilik bilan aloqada bo‘lmasdan, karantin qoidalariga rioya qilgan holda ishlashmoqda.

Ularni ish joyiga, uylariga olib borish uchun maxsus poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi. Videoda tasvirlangan odamlar hammasi bir jamoada ishlaydigan ishchilar. Ulardan ishga borish hamda uyga qaytish vaqtida koronavirus infeksiyasi bor yo‘qligini aniqlash uchun tahlil olinib, test tahlillariga qarab vagonlarga chiqarilgan.

“Shuningdek, 18-maydan harakatini tiklagan Toshkent-Andijon yo‘lovchi poyezdi vagonlari o‘tirib ketadigan zamonaviy toifadagi vagonlar bo‘lib, harakatini boshlagan. Shu bois bunday asossiz videolarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirib, aholining kayfiyatini cho‘ktirish noo‘rin deb hisoblaymiz”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, kechadan boshlab ayrim mahalliy yo‘nalishlardagi qatnovlar boshlangan edi. Qatnovlarni tashkil etishda barcha karantin qoidalariga amal qilish, shu jumladan, yo‘lovchilar sonini kamaytirish, dezinfeksiya qilish va boshqa sanitariya talablari so‘zsiz bajarilishi talab etiladi.

Yangiliklar lentasi
0