13:15 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
40310

Markaziy bank firibgarlar fuqaroning bank kartasi parolini bilmay va masofadan turib qanday pul yechib olishlari mumkinligini aytdi.

TOSHKENT, 19 may — Sputnik. Markaziy bank kartani rasmga olib kimgadir joʻnatish yoki ijtimoiy tarmoqga joylash firibgarlar uchun qanchalik qoʻl kelishini tushuntirdi.

Qayd etilishicha, bank kartasi ustidagi raqamlari, yaʼni rekvizitlar – karta egasini unifikatsiya va identifikatsiya qilish hamda kartaning amal qilish muddatini belgilaydi. Shuningdek, rekvizitlar bank kartasini masofaviy xizmat koʻrsatish tizimiga ulash uchun foydalaniladi. Bank kartasidagi raqamlar boshqa shaxsga oshkor boʻlib qolishi xavf tugʻdirmaydi.

“Ammo begona shaxslar tomonidan karta egasining ruxsatisiz masofaviy xizmat koʻrsatish tizimiga ulanish uchun karta rekvizitlari kiritilganda, karta egasining uyali telefoniga SMS-xabarnoma xizmati orqali maxfiy kod yoki raqamli xabarnoma keladi. Agar mazkur xabar (kod) begona shaxsga oshkor boʻlsa, ularda masofadan turib kartadagi mablagʻni oʻzlashtirish imkoni tugʻiladi. Yaʼni karta egasi mablagʻini firibgarlarga oʻzlashtirish uchun sharoit yaratib bergan boʻladi”, - deyilgan xabarda.

Masalan: firibgar oʻzini bank xodimi yoki turli aktsiyalar tashkilotchisi sifatida telefonda tanishtiri va kartaga maʼlum miqdorda mablagʻ oʻtkazib berishni taklif qilishi mumkin. Keyin bank kartasi egasining mobil telefoniga kelgan “tasdiqlovchi kod”ni soʻraydi. Bunday holatda, ushbu kodni ularga zinhor oshkor qilmaslik kerak hamda bu haqda ichki ishlar organlariga xabar berish lozim.

Bank kartasi egasining mobil telefoniga “SMS-xabarnoma” xizmati orqali kelgan maxfiy kodni boshqa shaxslarga oshkor qilmasligi bank kartasidagi mablagʻning boshqalar tomonidan oʻzlashtirilish imkonini yoʻqqa chiqaradi.

Asosiy mavzular