Hech kimni kamsitmaydigan "Ta’lim to‘g‘risida"gi qonun qabul qilindi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovDeti na zanyatiyax v shkole
Deti na zanyatiyax v shkole - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Ta’lim to‘g‘risida"gi yangi qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ikkinchi o‘qilishidan so‘ng Senatga yuborildi.

TOShKENT, 19-may - Sputnik. Bugun Oliy Majlisning Qonunchilik palatasida yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun loyihasining ikkinchi o‘qishdagi muhokamasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda parlament matbuot xizmati.

Muhokama davomida qonun loyhasi yana takomillashtirilib, uning 238 ta normasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Qonun loyihasidan 123ta norma chiqarib tashlandi va 54ta yangi norma kiritildi. 

E’tiborlisi shundaki, qonun loyihasiga inklyuziv ta’lim*  tushunchasi ham kiritildi. Bu esa, har bir bolaning ta’lim olishdagi teng huquqliligini ta’minlash har qanday diskriminatsiya va kamsitishlarning oldini olishga xizmat qiladi, - deyilgan xabarda.

* Inklyuziv ta’lim - imkoniyati cheklangan bolalarning sog‘lom tengdoshlari bilan birgalikda ta’lim olishini ko‘zda tutadi. Ya’ni, oddiy bolalar o‘qiydigan sinfga 2-3 nafar autist bola ham biriktirilishi mumkin. 

Undan tashqari, yangi qonun loyihasida qonunchilikda ko‘zda tutilmagan yangi qoidalar — yoshidan qat’i nazar umri davomida bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlab borish imkoniyatlari ham qonun bilan mustahkamlandi.

Eslatib o‘tamiz, ta’lim to‘g‘risidagi yangi qonun loyihasi 5-6 may kunlari bo‘lib o‘tgan palata majlisida qonun loyihasini moddama-modda, bobma-bob muhokama qilgan edilar. Muhokama davomida bir necha moddalar yuzasidan bir fikrga kelinmaganligi sababli ular ustida ishlarni davom ettirish hamda kelgusi majlisda ana shu moddalar atrofida to‘xtalib o‘tishga kelishgan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0