10:30 03 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (885)
803 0 0

Bugunning oʻzida 45 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Sogʻayish koʻrsatkichi 82 foizga yetdi.

TOSHKENT, 19 may — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikada koronavirus bilan bogʻliq soʻnggi asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 46 kishida koronavirus aniqlandi, SSV oxirgi malumotiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 2 825 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangidan kasalligi tasdiqlangan bemorlarning barchasi xorijdan kelib, karantinga olingan fuqarolar orasidan aniqlandi. Ularning 18 nafari 14 may kuni charter reys bilan Sankt-Peterburgdan kelgan boʻlsa, qolgan 5 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi hisoblanadi.

Davolanish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 45 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Sogʻayish koʻrsatkichi 82 foizga yetdi. 2 314 nafar fuqaro koronavirus infektsiyasidan butunlay forigʻ boʻldi.

Ayni paytda 474 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. Ulardan 6 nafarining ahvoli ogʻir.

Niqobsiz yurish jarimasi

Karantin choralari yumshatilgan soʻng Toshkentda niqob taqib yurmaydigan soni oshdi. 16 may kuni Toshkentda 144, kelasi kun esa 104 kishi jamoat joylarida tibbiy niqobsiz yurgani aniqlangan. 25 martdan jamoat joylarida niqobsiz yurish taqiqlanadi – jarima 1 mln 115 ming soʻm.

Rossiyaga borish uchun ruxsatnoma

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan Oʻzbekiston fuqarolarining chet elga chiqishlariga ruxsat berish imkoniyati istisno holatlarda koʻrib chiqilishi mumkin.

Hozirgi vaqtda RFda yashash guvohnomasiga ega boʻlgan, yaqin qarindoshlari - Rossiya fuqarosi boʻlgan xorijliklar, yoxud vatandoshlarni koʻchirish boʻyicha davlat dasturining ishtirokchilari faqat Rossiyaga kirishi mumkin.

Mamlakatga kirish uchun ruxsatnoma olish uchun 27 mayga qadar ushbu havola orqali tegishli shaklni toʻldirish zarur. Oʻzbekiston fuqarolarining respublika chegarasidan oʻtishlari toʻgʻrisidagi qaror faqat Oʻzbekiston Respublikasi hukumati tomonidan qabul qilinadi.

Chegarada qolgan fuqarolarga yordam

Shavkat Mirziyoyev topshirigʻiga asosan Rossiya-Qozogʻiston chegarasida toʻplangan Oʻzbekiston fuqarolarini vatanga olib kelish masalasi ishlab chiqildi.

“Mashtakovo” nazorat-oʻtkazish punkti yaqinida boʻlib turganlar roʻyxati tuzildi hamda tashkiliy va transport masalalari hal qilindi. Jami 1100 nafar oʻzbekistonlikning vatanga olib kelinishi kutilmoqda. 18-19 may kunlari 550 nafardan kishining avtobuslarda Oʻzbekistonga qarab yoʻlga chiqishi rejalashtirilgan.

Shifokor ishi bekor qilindi

Bosh prokuratura tomonidan Samarqand viloyati Oqdaryo tumani tibbiy birlashmasi boʻlim boshligʻi shifokor X.D.ga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi bekor qilindi.

Xabarda aytilishiga koʻra, ushbu ish yuzasida olib borilgan tergovga qadar tekshiruv ishlari toʻliq oʻtkazilmagan va jinoyat ishi ochish haqidagi qaror shoshma-shosharlik bilan qabul qilingan. Shu sababli shifokor X.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi jinoyat ishi Bosh prokuratura tomonidan bekor qilingan.

Dunyo va “Tojdor dushman”

COVID-19 dunyoning 188 davlatga yetib bordi. BSSTning soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda yangi koronavirus infektsiyasini yuqtirib olgan kishilarning soni 4,8 milliondan oshdi, 319 ming kishi vafot etdi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (885)

Asosiy mavzular