O‘zbekiston yana 12 ming fuqarolarini chet eldan olib keladi - prezident

© Uzbekskie avialiniiVstrecha passajirov, pribivshix iz Kitaya, v aeroportu Tashkenta
Vstrecha passajirov, pribivshix iz Kitaya, v aeroportu Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev xorija og‘ir ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarolariga yordam berilayotganini va ularni vataniga qaytarish choralari ko‘rilayotganini xabar qildi.

TOShKENT, 20-may - Sputnik. O‘zbekiston chet elda og‘ir ahvolda qolgan yana 12 ming fuqarolarini olib kelish choralarini ko‘rmoqda. Bu haqida Shavkat Mirziyoyev 19-may kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishda xabar qildi.

– Kasallikka qarshi kurashish bilan birga, chet ellardagi fuqarolarimiz haqida ham qayg‘urapmiz. Hozirgi kungacha xorijdan 39 ming nafar yurtdoshlarimizni olib keldik. Tashqarida og‘ir ahvolda qolgan yana 12 ming nafar fuqaromizga tegishli yordam ko‘rsatib, ularni yurtimizga olib kelish choralari ko‘rilmoqda, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Undan tashqari, prezident O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurash qanday olib borilayotgani haqida ham to‘xtalib o‘tdi. Xususan, kasallikni yuqtirgan 2 802 nafar fuqarodan 2 314 nafari (82%) butunlay sog‘aygani, bu kurashda chinakam jasorat ko‘rsatayotgan 23 ming nafar tibbiyot xodimlariga jami 78 milliard so‘mdan ziyod rag‘batlantirish puli to‘lab berilgani aytildi.

 

Yangiliklar lentasi
0