O‘zbekiston maktablarida bitiruv imtihonlari bekor qilindi

© Sputnik / Yevgeniy Yepanchinsev / Mediabankka o‘tishPustoy klass v shkole
Pustoy klass v shkole - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Istisno sifatida o‘quvchilarga yakuniy baholarni o‘quv yilining uch choragida olgan baholari asosida berish tavsiya etiladi.

TOShKENT, 20-may - Sputnik. Endi rasman: joriy o‘quv yilida O‘zbekistonning o‘rta ta’lim maktablarida bitiruv imtihonlari koronavirus tufayli bekor qilindi, deya ma’lum qildi mamlakat halq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov.

"Prezidentning karantin paytida aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalarini bajarish maqsadida, hamda ota-onalarning ko‘plab murojaatlarini inobatga olgan holda, Halq ta’limi vazirligi joriy o‘quv yilida yakuniy imtihonlarni bekor qilishga qaror qildi", - deyiladi bayonotda.

Shermatovning so‘zlariga ko‘ra, istisno sifatida maktablarga o‘quvchilarga o‘quv yilining uch choragida berilgan baholar asosida yakuniy baholarni belgilash tavsiya etiladi.

"Onlayn-maktab yordamida uyda o‘quv jarayonini tashkil etishda o‘z farzandlarini qo‘llab-quvvatlagan barcha ota-onalarga minnatdorchilik bildiramiz", - deya qo‘shimcha qildi vazir.

Avvalroq, ushbu o‘quv yilida O‘zbekistondagi maktab bitiruvchilari COVID-19 karantini tufayli shahodatnomalarini elektron shaklda olishi ma’lum bo‘ldi. Shahodatnomalarning asl nusxalari maktablarda saqlanadi, bitiruvchilar ularni karantindan keyin olishlari mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, dastlab 2020-yildan boshlab 5 ta fan bo‘yicha kirish imtihonlari joriy etilishi rejalashtirilgan edi - uchta majburiy va ikkita yo‘nalishga taalluqli. Ammo karantin tufayli bunday imtihon formatiga to‘liq tayyorgarlik ko‘rish uchun imkoniyatlar cheklandi.

Yangiliklar lentasi
0