04:20 06 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
280 0 0

Yigʻilishda tadbirkorlar bilan ishlashda sustkashlikka yoʻl qoʻygan ayrim tuman va shahar hokimlarini vazifasidan ozod qilish boʻyicha koʻrsatma berildi.

TOSHKENT, 20 may — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Yigʻilishda tadbirkorlar huquqlari kafolatlari va mulk daxlsizligini taʼminlash masalasi muhokama qilindi.

“Barcha hokimlarni ogohlantiraman. Birorta tadbirkorning mulki noqonuniy olib qoʻyilsa, hokim faqat ishdan ketish bilan qutulmaydi, balki qonun oldida javob beradi”, — dedi davlat rahbari.

Mutasaddi idoralarga mulk daxlsizligini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish, mulkni kompensatsiya qilish boʻyicha tadbirkorlar foydasiga chiqarilgan sud qarorlari ijrosini toʻliq taʼminlash boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Shavkat Mirziyoyev topshirigʻiga koʻra, tadbirkorlik muhiti har bir tuman va shahar kesimida oyma-oy tahlil va xulosa qilib boriladi. Shuningdek, Biznes-ombudsman tadbirkorlar huquqi va mulk daxlsizligini buzgan tuman va shahar hokimlari toʻgʻrisida hukumatga maʼlumot kiritib boradi.

Vazirlar mahkamasi tadbirkorlar muammosini hal qilmagan, ular bilan yetarli darajada ishlamagan shahar va tuman hokimlarining lavozimga loyiqligini koʻrib chiqadi.

Yigʻilishda tadbirkorlar bilan ishlashda sustkashlikka yoʻl qoʻygan ayrim tuman va shahar hokimlarini vazifasidan ozod qilish boʻyicha koʻrsatma berildi.

Asosiy mavzular