O‘zbekiston aholisining 74% YeOIIga qo‘shilish tarafdori - so‘rov

© Sputnik / Asatur YesayantsFlagi stran uchastnis YeAES, arxivnoe foto
Flagi stran uchastnis YeAES, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respondentlarning 74 foizi O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga, 78 foizi Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlagan.

TOShKENT, 20-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi fuqarolar o‘rtasida “O‘zbekistonning YeOII va JSTga ehtimoliy a’zo bo‘lishi ta’sirini baholash” bo‘yicha anonim so‘rov o‘tkazdi.

Tadqiqotchilar, olimlar, davlat xizmatchilari, xususiy sektor vakillari, o‘qituvchi va talabalar qatnashgan so‘rovnoma ishtirokchilariga taqdim etilgan so‘rovnoma 10 savoldan iborat bo‘lib, u xorij tajribasi bo‘yicha ishlab chiqildi. So‘rovnomada barcha hududlardan 1300 dan ortiq ishtirokchi faol va aniq javoblari bilan qatnashdi.

O‘zbekistonning YeOIIga a’zo bo‘lish so‘rovnomasiga doir natijalar

Respondentlarning 74 foizi O‘zbekistonning YeOIIga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatladi. Ishtirokchilarning 16 foizi qarshi, 4 foizi betaraf qoldi, 6 foizi javob berishga qiynaldi.

Tadqiqot Jizzax, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari respondentlari YeOIIga qo‘shilishni eng ko‘p (90 foizdan ortiq) qo‘llab-quvvatlashini ko‘rsatdi.

Integratsion birlashmaga qo‘shilishga qarshi bo‘lganlarning ulushi Andijon viloyatida 32 foiz, Toshkent shahrida 26 foiz, Farg‘ona viloyatida esa 21 foizni tashkil etdi.

Ittifoqqa qo‘shilish tarafdorlari erkaklarga nisbatan ayollar o‘rtasida ko‘proq, ya’ni 82 foiz ayollar va 73 foiz erkaklar qo‘llab-quvvatlagan. Shuningdek, 20 yoshgacha va 40 yoshdan katta ishtirokchilar ham YeOIIga qo‘shilishni faol ma’qullagan.

Zamestitel ministra inostrannix del Respubliki Uzbekistan Ilxomjon Ne’matov - Sputnik O‘zbekiston
YeOII masalasida G‘arb yoki Sharqga qarab qaror qabul qilsak, o‘zgarish bo‘lmaydi - Ne’matov

O‘zbekistonning YeOIIga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlamaydiganlarning ulushi 30-39 yoshdagi (23 foiz) fuqarolar orasida yuqoridir. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, qo‘shilishni qo‘llab-quvvatlovchi fuqarolar soni o‘qituvchilar, talabalar va xususiy sektor vakillari orasida (76 foiz) tadqiqotchilar va davlat sektori xodimlariga nisbatan (66 foiz) yuqori.

45 foiz respondent YeOIIga qo‘shilishning asosiy xavfini ittifoqqa a’zo bo‘lmagan davlatlardan keladigan import mahsulotlari cheklanishida ko‘radi. 42 foiz ishtirokchini tashqi raqobat oshgani sari ichki ishlab chiqarish va ish o‘rinlari kamayib ketishi tashvishga solgan. Davlat budjeti daromadlari kamayishi ehtimoli esa respondentlarni eng kam tashvishga solgan (13 foiz).

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo‘lishning eng asosiy afzalliklari sifatida tovarlar va xizmatlar narxining pasayishi, shuningdek, raqobat kuchayishi natijasida mahsulot sifati oshishi ko‘rsatilgan (51 foiz). 24 foiz respondent mahalliy mahsulotlar uchun eksport bozorlari kengayishi natijasida yangi ish o‘rinlari yaratilishini ijobiy baholagan.

So‘rovnoma ishtirokchilarining 15 foizi mehnat migrantlarining sharoitlari yaxshilanishini inobatga olgan, 10 foizi umumiy mehnat bozori shakllanishi natijasida ishchi kuchining davlatlararo harakati yanada erkinroq bo‘ladi, deb baholagan.

O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishiga doir so‘rovnoma natijalari

So‘rovnoma ishtirokchilarining aksariyati (78 foiz) O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlagan, 8 foizi qarshi ekanini bildirgan, 7 foizi betaraf qolgan, qolganlar javob berishga qiynalgan.

Navoiy, Surxondaryo viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasida (84-91 foiz) JSTga a’zo bo‘lish eng ko‘p qo‘llab-quvvatlandi. O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishiga qarshi bo‘lganlar Toshkent shahri (13 foiz), Toshkent viloyati (18 foiz) va Andijon viloyatida (12 foiz) eng ko‘p kuzatildi.

Respondentlar JSTga a’zolikning eng xavotirli tomoni iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari ustidan tashqi nazorat o‘rnatilishi, natijada mazkur sohalar xorijlik tadbirkorlarga o‘tishi mumkin. 44 foiz ishtirokchi ushbu masalada o‘z xavotirini bildirgan.

Zamdirektora ISMI Sanjar Valiyev - Sputnik O‘zbekiston
YeOIIga qo‘shilish O‘zbekistonga JSTga a’zo bo‘lishiga to‘sqinlik qilmaydi - ekspert

Respondentlarning 42 foizi tovarlar va xizmatlar importi oshib ketishi mahalliy korxonalar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini aytgan, 14 foizini esa davlat daromadlari kamayishi ehtimoli bezovta qilgan.

34 foiz ishtirokchi JSTga qo‘shilishning asosiy afzalligi raqobat muhitining yaxshilanishi, tovarlar va xizmatlar narxlari pasayishi va ularning sifatiga ijobiy ta’sir qilishida, deb biladi.

23 foiz respondent O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi rivojlangan mamlakatlar bilan savdo aloqalari yaxshilanishi, yuqori texnologiyali importning oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, deb hisoblagan.

Respondentlarning 16 foizi milliy ishlab chiqarish hajmi, yangi ish o‘rinlari yaratilishi xorijiy investitsiyalar oqimi va xorijiy korxonalar hisobiga oshadi, deb hisoblaydi.

So‘rovda ishtirok etganlarning 11 foizi JSTga qo‘shilish O‘zbekistonning xalqaro imijini yaxshilashini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oliy Majlis Senati O‘zbekistonning YeOIIda "kuzatuvchi davlat" maqomida ishtirok etish taklifini ma’qullagan edi.

Yangiliklar lentasi
0