23:29 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
237 0 0

Toshkent shahar IIBB xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorlari Milliy gvardiyaning ayol-xizmatchilari bilan birgalikda poytaxtlik ayollarga yordam bermoqdalar.

TOSHKENT, 20 may - Sputnik. Toshkentda IIB va Milliy Gvardiya xodimlari 52 nafar himoyaga muhtoj ayollarga qoʻriqlash orderlari topshirdi, deb xabar qilmoqda IIBB matbuot xizmati. 

"Oʻtgan 17 va 18 may kunlari xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorlar Milliy gvardiyaning ayol-xizmatchilari bilan birgalikda 223 tadan ortiq oilalarda boʻlib, 48 ta har tomonlama yordamga muhtoj oilalarni aniqladilar va 52 nafar ayollarga qoʻriqlash orderlarini topshirishdi, - deyilgan xabarda.

IIBB va Milliy Gvardiyaning ayol xizmatchilaridan tashkil topgan maxsus qoʻshma guruhlarning asosiy vazifasi – muammolarni aniqlash va ularni hal etishda yordam berish, jabrlangan ayollarni huquqini himoya qilish boʻyicha barcha choralarni qoʻllash, zarur hollarda – qoʻriqlash orderini topshirishdir.

V Tashkente 52 jenщinam vыdali zaщitnыy order

Qoʻshma guruhlar xavotirli xabarlar kelib tushgan oilalardan xabar olishdi, joylarda suhbatlar oʻtkazib, xonadaonlardagi vaziyat oʻrganildi, muammolar aniqlandi. Biror oilada ayol kishi psixologik va ruhim bosimga, yoki jismoniy zoʻravonlikka uchragani maʼlum boʻlsa,  bu kabi oilalar bilan ishlar ehtiyotkorlik bilan olib boriladi. Chunki bunday holatlarda odob bilan ishlash, shuningdek, jabrlanuvchining hatti-harakatlariga baho bermaslik, hukm chiqarishga shoshmaslik, ularga diqqat bilan quloq solish va ayollarni haqoratlaydigan, kamsitadiganlarga nisbatan keskin boʻlish talab etiladi.

Maʼlumot uchun, koronavirus epidemiyasi tufayli oʻrtacha hisobda 2,6 milliard kishi bir necha oydan beri oʻz-oʻzini yakkalash tartibida turmush kechirmoqda. Ushbu vaziyatdan oilaviy zoʻravonlik holatlari kesikn koʻpayishi kuzatilmoqda. Ayrim mamlakatlarda oilaviy zoʻravonlikdan jabrlanganlar soni 2 baravar oshgani haiqda BMT bosh kotibi Antonio Guterrish 5 aprel kuni soʻzlagan nutqida aytib oʻtgandi.

Inspektorы po voprosam jenщin GUVD Tashkenta sovmestno s sotrudnitsami Natsgvardii pomogayut jitelnitsam stolitsы

Asosiy mavzular