03:59 06 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
396 0 0

Soʻnggi bemor tuzalib chiqqan Surxondaryo viloyati koronavirusdan xoli hudud sifatida Jizzax, Qashqadaryo va Fargʻona safiga qoʻshildi.

TOSHKENT, 20 may — Sputnik. Surxondaryo viloyati ham koronavirusdan xoli hududga aylandi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Soʻnggi soatlarda Toshkent shahrida 17, Xorazm viloyatida 2, Surxondaryo viloyatida esa soʻnggi 1 nafar koronavirusga chalingan bemor tuzaldi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Surxondaryolik soʻnggi bemor kasallikni koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda yuqtirib olgan edi.

Shu tariqa, Surxondaryo viloyati ham Jizzax, Qashqadaryo va Fargʻona viloyatlari kabi koronavirusdan xoli hududlar safidan oʻrin oldi.

Mamlakat boʻylab koronavirus infektsiyasidan butunlay sogʻayganlar 2369 nafarga yetdi.

Asosiy mavzular