03:38 06 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
131111

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekistonda aholi sonini koʻpaytirish maqsadida ikkinchi xotinga uylanishga ruxsat berilgani haqida xabar tarqaldi. Bu koʻpchilikning qizgʻin muhokamasiga sabab boʻldi.

TOSHKENT, 20 may — Sputnik. Davlat xizmatlari agentligi tizimiga kiruvchi FHDYO internetdagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda 10 apreldan Oʻzbekistonda ikkinchi xotinga uylanishga rasman ruxsat berilgani va ushbu qaror aholi soni koʻpaytirish maqsadida qabul qilingani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Davlat xizmatlari agentligi xabarida qayd etilishicha, Oʻzbekiston JKning 126-moddasiga koʻra, koʻp xotinli boʻlish, yaʼni umumiy roʻzgʻor asosida ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin boʻlib yashash —BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

“Bundan tashqari, Oila kodeksining 16-moddasiga asosan nikoh tuzishga loaqal bittasi roʻyxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar oʻrtasida yoʻl qoʻyilmaydi”, - deyilgan xabarda.

Agentlik qoʻshxotinlik toʻgʻrisida hech qanaqa qaror qabul qilinmaganini taʼkidlagan.

“Maʼlumot tariqasida, Oʻzbekistonda hozirgi kunda demografik koʻrsatkich bilan hech qanday muammo yoʻq. Bir yilda oʻrtacha 750-800 mingga yaqin bolalar tugʻilishi qayd etilmoqda”, - deya yozgan Agentlik.

Asosiy mavzular