Toshkentda yangi uch pog‘onali yo‘l o‘tkazgich ochildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaTrexurovnevaya transportnaya razvazka v Tashkente otkrita - foto
Trexurovnevaya transportnaya razvazka v Tashkente otkrita - foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oxangaron shossesida qurilgan yangi yo‘l o‘tkazgich “Toshkent-Chimon” yo‘nalishi bo‘yicha masofani 22 kilometrga qisqartirdi.

TOShKENT, 21-may - Sputnik. Toshkentdagi Ohangaron shossesi va Maxtumquli ko‘chasi kesishmasida yangi uch qavatli yo‘l o‘tkazgich ochildi. Uning ochilishini prezident Shavkat Mirziyoyev ko‘zdan kechirdi

- Poytaxtda yengil avtomobillar soni yanada ko‘payishi aniq. Shuning uchun ertangi kunni oldindan ko‘rib, ko‘chalarni kengaytirish, ko‘priklar qurish ishlarini davom ettirish kerak, - dedi Prezident.

Haqiqiatdan ham, oxirgi uch yilda Toshkent shahrida yengil avtomobillar soni 95 mingtaga ko‘paygan. Hududlardan poytaxtga kelib-ketayotgan mashinalar soni ham oshmoqda. Shu bois ko‘chalarning o‘tkazuvchanligini oshirish, tirbandliklarni kamaytirish maqsadida o‘tgan 3-yilda 4 ta yo‘l o‘tkazgich ko‘prik qurilib, foydalanishga topshirildi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaTrexurovnevaya transportnaya razvazka v Tashkente otkrita - foto
Toshkentda yangi uch pog‘onali yo‘l o‘tkazgich ochildi - Sputnik O‘zbekiston
Trexurovnevaya transportnaya razvazka v Tashkente otkrita - foto

Ohangaron shossesi Toshkent halqa yo‘lining bir qismi. Maxtumquli ko‘chasining yangi qismi bitkazilgach, ushbu yo‘llarda transport harakati yanada ortgan edi. Ushbu ko‘chalar kesishmasida 2018-yilda boshlangan loyiha bu yil ro‘yobga chiqib, haydovchilarga juda katta qulaylik yaratdi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaTrexurovnevaya transportnaya razvazka v Tashkente otkrita - foto
Toshkentda yangi uch pog‘onali yo‘l o‘tkazgich ochildi - Sputnik O‘zbekiston
Trexurovnevaya transportnaya razvazka v Tashkente otkrita - foto

Mazkur transport yechimi uch pog‘onadan iborat bo‘lib, tunnel uzunligi 593 metr, halqa shaklidagi o‘rta pog‘ona 29 metr, estakada qismi 502 metrni tashkil etadi. Tunnel va estakadada qatnov olti, o‘rta pog‘onada esa besh qatorli.

Ilgari bu chorraha soatiga 7 ming avtomashinani o‘tkazish quvvatiga ega edi. Endi soatiga 20 mingta transport vositasini uzluksiz o‘tkazish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu yerda svetofor ishlatilmasligi ham to‘xtovsiz harakatni ta’minlaydi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaTrexurovnevaya transportnaya razvazka v Tashkente otkrita - foto
Toshkentda yangi uch pog‘onali yo‘l o‘tkazgich ochildi - Sputnik O‘zbekiston
Trexurovnevaya transportnaya razvazka v Tashkente otkrita - foto

Yana bir jihati – bu yangi obyekt katta yuklamani o‘ziga olib, “Toshkent-Chimon” yo‘nalishi bo‘yicha masofani 22 kilometrga qisqartirdi. 

Obyektda 170 ta energotejamkor yoritish ustunlari o‘rnatilgan, atrofda 15 ming kvadrat metr maydon obodonlashtirilgan.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaTrexurovnevaya transportnaya razvazka v Tashkente otkrita - foto
Toshkentda yangi uch pog‘onali yo‘l o‘tkazgich ochildi - Sputnik O‘zbekiston
Trexurovnevaya transportnaya razvazka v Tashkente otkrita - foto
Yangiliklar lentasi
0