11:14 03 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
134 0 0

Bu yuqori texnologiyalar asosida xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan Markaziy Osiyoda yagona ushbu turdagi bolalar tibbiyot muassasasidir.

TOSHKENT, 21 may — Sputnik. Toshkentning Yashnobod tumanida Bolalar milliy tibbiyot markazi barpo etildi. Shavkat Mirziyoyev ushbu muassasani borib koʻrdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Qiymati 130 million dollardan ziyod boʻlgan mazkur markaz Koreya Respublikasi koʻmagida, “Baum” korporatsiyasi loyihasi asosida barpo etildi. Bu yuqori texnologiyalar asosida xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan Markaziy Osiyoda yagona ushbu turdagi bolalar tibbiyot muassasasidir. Bu yerda yiliga 1,5 mingdan ziyod noyob jarrohlik amaliyotlarini bajarish imkoniyati mavjud.

V Tashkente otkrыlsya natsionalnыy detskiy meditsinskiy tsentr - foto
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
V Tashkente otkrыlsya natsionalnыy detskiy meditsinskiy tsentr - foto

Toʻrt qavatli davolash korpusi 280 ta oʻringa ega, poliklinikada kuniga 250 nafargacha bemor qabul qilinadi. Markaz magnit rezonans tomografi, multispiral kompyuter tomografi, DNK analizatori hamda onkologik kasalliklarni bir necha yil oldin aniqlaydigan zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Bu yerda faoliyat yuritish uchun 100 dan ortiq vrach va hamshiralar Janubiy Koreyada malaka oshirib qaytdi.

V Tashkente otkrыlsya natsionalnыy detskiy meditsinskiy tsentr - foto
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
V Tashkente otkrыlsya natsionalnыy detskiy meditsinskiy tsentr - foto

Jarrohlik amaliyoti uskunalariga maxsus kamera oʻrnatilgan boʻlib, boshqa shifoxonalar va oliy taʼlim muassasalari operatsiyalarni onlayn tarzda koʻrib turishi mumkin. Zamonaviy texnologiyalar orqali masofaviy tibbiy koʻriklar hamda konsiliumlar tashkil etiladi, davolashning taʼsirchan usullari muhokama qilinadi.

V Tashkente otkrыlsya natsionalnыy detskiy meditsinskiy tsentr - foto
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
V Tashkente otkrыlsya natsionalnыy detskiy meditsinskiy tsentr - foto

“Bu markaz - milliy boyligimiz. Bu yerda bolalarni malakali davolash bilan birga zamonaviy telemeditsina texnologiyalari asosida mamlakatimiz hududlarida ham yuqori sifatli tibbiy xizmatlarni tashkillashtirish kerak”, - dedi prezident.

Bolalar meditsinasi yoʻnalishida innovatsion izlanishlar olib borish, xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda murakkab jarrohlik amaliyotlari va yuqori texnologik muolajalarni tashkil etish, tibbiyot mutaxassislari malakasini oshirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Asosiy mavzular