TOSHKENT, 21 may - Sputnik. UzAuto Motors muddatli toʻlov evaziga avtomobil sotib olish uchun aktsiya eʼlon qildi.
"Avtomobil qiymatining 40%dan 70%gacha boshida toʻlab qolgan qismini 12-36 oy ichida oyma-oy toʻlab borish evaziga xarid qilish mumkin. Aktsiya amal qilish muddati 2020 yil 1 iyungacha", - deyilgan xabarda.
Aktsiya doirasida quyidagi avtomobillarni xarid qilish mumkin:
- Spark MT/AT — 2,0 mln soʻmdan (12/18 oy)
- Nexia AT — 2,6 mln soʻmdan (12/18 oy)
- Tracker MT/AT — 3,8 mln soʻmdan (18/30/36 oy)
- Malibu 1,5 Turbo — 5,6 mln soʻmdan (18/30/36 oy)
- Trailblaizer — 4,9 mln. soʻmdan (24/36 oy)
Xabarda shuningdek, oyma-oy toʻlanadigan mablagʻ miqdori boshlangʻich toʻlov hajmi hamda muddatli toʻlov davriga qarab oʻzgarib borishi va ushbu aktsiya ham jismoniy ham yuridik shaxslar uchun amal qilishi aytib oʻtilgan.