09:26 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
114 0 0

Ota-onalar va buvilarning bola uchun talashi uning tarbiyasiga qanday taʼsir qiladi - mutaxassis bilan suhbat.

TOSHKENT, 20 may - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Sputnik Oʻzbekiston muxbiri bilan eksklyuziv suhbatda bolalar huquqlari boʻyicha vakil Aliya Yunusova odamlar qanday muammolari bilan kelgani haqida gapirdi.

Uning soʻzlariga koʻra, 16 mart - mamlakatda karantin choralari eʼlon qilinguniga qadar, misol uchun, nabiralarining tarbiyasida onasi yoki otasi ishtirokini cheklashni istagan buvilar u bilan uchrashuvni istagan.

"Afsuski, bu epidemiya kelishi oldidan biz tahlil qilishga ulgurgan masalalardan biri holosdir. Va men bu muammo hususida shuni aytmoqchimanki, ota-onalar - er-xotin, yaʼni onasi va otasi oʻz farzandini tarbiyalash va qoʻllab-quvvatlashda teng huquqlarga egadirlar", - deya taʼkidlaydi Yunusova.

Ombudsmenning soʻzlariga koʻra, qabulga kelgan buvilar unga turli xil vaʼjlarni bildirishdi va oʻz talablarini kelinlari tarbiyada qatnashishdan bosh tortganligi yoki bolaga yomon taʼsir koʻrsatganligi bilan asosladilar. Biroq, koʻpincha bu holat qaynona bilan kelin yoki kuyov va qaynona oʻrtasida yaqqol shaxsiy adovat fonida roʻy bergan.

Yunusovaning taʼkidlashicha, bunday holatlarda buvi va buvalari nevaralarini ota-onalari bilan uchrashishiga toʻsqinlik qilish oʻrniga, bolalarga ham otasi, ham onasini yaxshi koʻrishiga yordam berishlari kerak.

"Bu kabi arizalar bizga koʻplab kelmoqda. Afsuski, bolalar adovat va qarama-qarshiliklar muhitida oʻsib-ulgʻayishi ularning hissiy holati va psixologik rivojlanishiga yomon taʼsir qilishini ular tushunmayaptilar. Albatta, bu yerda psixologlar va shuningdek mahalla qoʻmitalarining oʻrni muhimdir, chunki ular bu holattda ikkala ota-onaning ham ishtirokiga qarshi turishning keragi yoʻqligini tushuntiradi", - deya qoʻshimcha qildi huquq himoyachisi.

Ammo nafaqat buvilar yordam soʻrashadi - yosh ota-onalar ham maslahat uchun kelishmoqda. Ombudsmenning fikriga koʻra, bolalarning uygʻun tarbiyasiga oid tegishli adabiyotlarni yaratish zaruriyati keldi.

"Ota-ona boʻlib qolish oson, ammo ota-onalik majburiyatlarini toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshirish juda qiyin va mashaqqatli ishdir", - deya xulosa qildi bolalar huquqlari boʻyicha vakil.

Uning fikriga koʻra, ushbu muhim ijtimoiy jarayonda hamjihatlik, jamoat institutlarining ishtiroki, shuningdek, oilasi va farzandlari uchun shaxsiy javobgarlik hissi zarur.

Asosiy mavzular