13:20 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
140 0 0

22 may kunidan boshlab “sariq” va “yashil” hududlarda muzey, sayilgoh va galereyalar faoliyatiga ruxsat berildi.

TOSHKENT, 21 may — Sputnik. 22 maydan “sariq” va “yashil” hududlarda muzey, sayilgoh va galereyalar faoliyatiga ruxsat berildi. Bu haqda Respublika maxsus komissiyasining qarori qabul qilindi.

Shu bilan birga, oʻyingoh va ovqatlanish shoxobchalari bundan mustasno.

Bunda, koronavirus infektsiyasi ikkinchi toʻlqinini oldini olish maqsadida ushbu maskanlarga kirish joylarida majburiy ravishda barcha tashrif buyuruvchilar tana xaroratlarini oʻlchagan holda kiritilishi (teplovizor yoki pirometr), shaxsiy himoya vositalarida boʻlishlari (niqob), shuningdek, tashrif buyuruvchilar 2 metrlik ijtimoiy masofani saqlashlari talab etiladi.

Bundan tashqari, ushbu maskanlarda tashrif buyuruvchilar uch kishidan koʻp boʻlib toʻplanishlarini oldini olish boʻyicha mazkur sayilgoh, koʻngil ochar maskan va muzeylar rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.

Asosiy mavzular