22:07 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
23310

Tibbiyot muassasida davolanayotgan bemorlar hamda tibbiyot xodimlaridan COVID- 19 infektsiyasi aniqlangan. Markazda davolanayotgan 67 nafar bemor boshqa joyga oʻtkazilgan.

TOSHKENT, 21 may — Sputnik. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialida davolanayotgan bemorlar va tibbiyot xodimlaridan COVID- 19 infektsiyasi aniqlanganligi sababli markazning faoliyati 19 maydan vaqtincha toʻxtatildi.

Samarqand viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati xabariga koʻra, markazda davolanayotgan 67 nafar bemorlar Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiy markazi Samarqand filialiga oʻtkazilgan.

Shuningdek, markaz faoliyati qayta yoʻlga qoʻyguniga qadar viloyat aholisiga quyidagi shifoxonalarda vaqtincha shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatiladi:

 - Travmatologik va neyroxirurgik (reanimatsiyasi bilan) tibbiy xizmatlar  - Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiy markazi Samarqand filialida;

- Xirurgiya, urologiya, ginekologiya, LOR, pediatriya, terapiya va reanimatsiya xizmati - SamMI 2-klinikasida;

- Kombustiologiya (kuyish) tibbiy xizmati  - Samarqand shahar tibbiyot birlashmasida;

- Toksikologiya va EKD xizmati -  Viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazida.

Bundan tashqari, viloyat kardiologiya dispanseri, viloyat nogironlarni reablitatsiya qilish va protezlash markazi hamda viloyat koʻz kasalliklari shifoxonasida shahar aholisi orasida koronavirus infektsiyasini yuqtirgan bemorlar bilan muloqotda boʻlganlar karantin nazoratga olingan.

Asosiy mavzular