14:15 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
306 0 0

Oʻzbekiston va Turkmaniston mutasaddilari ikki mamlakat oʻrtasida transport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qildi.

TOSHKENT, 21 may — Sputnik. Oʻzbekiston Turkmanistonga mamlakatlar oʻrtasida yoʻlovchilar tashishni tashkil etish yoʻnalishidagi ishlarni faollashtirish taklifi bilan chiqdi.

Bu haqda Oʻzbekiston transport vaziri oʻrinbosari Davron Dehqonov va “Turkmanavtotransport” agentligi raisining oʻrinbosari Jumageldi Garayevning videokonferentsiya aloqa shaklidagi uchrashuvida maʼlum qilindi.

Uchrashuvda ikki davlat oʻrtasida transport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari, ushbu yoʻnalishdagi mavjud muammolar, xususan, koronavirus pandemiyasi sabab amaliyotga joriy etilayotgan cheklov choralari muhokama qilindi. 

Garayev  Turmaniston tomoni koronavirus infektsiyasining mamlakatga kirib kelishi va qoʻshni respublikalar hududiga tarqalishining oldini olish yuzasidan barcha zarur choralarni koʻrayotganini taʼkidlab oʻtdi.  

“Davlatlarimiz oʻrtasidagi qardoshlik munosabatlarini inobatga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining oʻrinbosari D.Dehqonov mamlakatlar oʻrtasida yoʻlovchilar tashishni tashkil etish yoʻnalishidagi ishlarni faollashtirishni taklif qildi”, - deyilgan xabarda.

Oʻzbekiston tomoni Eron va Turkmaniston oʻrtasida temir yoʻl va avtomobil yoʻllari orqali transport aloqalarining tezroq tiklanishi barcha tomonlar uchun manfaatli ekanligini taʼkidlab oʻtdi.  

Uchrashuvda tomonlar, shuningdek, Oʻzbekiston - Turkmaniston - Eron - Ummon transport yoʻlagining barcha ishtirokchilari bilan Ashxobod bitimi boʻyicha ishlarni faollashtirishga ham kelishib oldilar.

Asosiy mavzular