03:09 06 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
583 0 0

Toʻrt kishidan iborat shifokorlar guruhi Tojikistonning Sugʻd viloyatiga tojik hamkasblariga COVID-19ni yengish uchun yordamga kelishdi.

TOSHKENT, 21 may — Sputnik. Oʻzbek shifokorlari Tojikistonning Sugʻd viloyatiga tojik hamkasblariga COVID-19ni yengish uchun yordamga kelishdi. Bu haqda Sputnik Tojikiston nashri viloyat maʼmuriyati matbuot xizmatiga tayangan holda xabar bermoqda.

Toʻrt kishilik shifokorlar guruhi epidemiolog, virusolog va ikki nafar anesteziologlardan iborat. Guruhga Neʼmatjon Ibragimov boshchilik qilgan.

Sugʻd viloyati raisi Rajabboy Ahmadzoda bilan uchrashuvda ular tojik hamkasblari bilan ikki kun viloyat kasalxonasida ishlashgani va tajriba almashishganini maʼlum qilishdi.

“Bemorlarni davolash professional tarzda olib borilmoqda. Agar tajribali shifokorlar bundan keyin ham shunday ishlashda davom etsa, yaqin kunlarda ular COVID-19 ustidan toʻliq gʻalaba qozonishadi”, - deya taʼkidlagan Ibragimov.

Eslatib oʻtamiz, may oyi boshida ham bir guruh oʻzbekistonlik yuqori malakali va tajribali shifokorlar Tojikistonga koronavirusga chalingan bemorlarni davolash uchun yordamga joʻnab ketgan edi.

Asosiy mavzular