Mayk Tayson tezligi: bokschi yangi janglarga tayyorgarlik ko‘rmoqda - video

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishBoksor Mayk Tayson
Boksor Mayk Tayson  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
53 yoshli Mayk Tayson Xitoyning Weibo uchun rolik yozdi. Unda bokschi katta tezlikda zarbalarni berishi aks etgan.

TOShKENT, 21-may — Sputnik. Professional boks afsonasi Mayk Tayson o‘z tashqi ko‘rinishini namoyish qildi. U ayni vaqtda aralash yakkakurash bo‘yicha taniqli murabbiy Rafael Kordeyro rahbarligida mashq qilmoqda.

53 yoshli Mayk Tayson Xitoyning Weibo uchun rolik yozdi. Ushda bokschi katta tezlikda zarbalarni berishi aks etgan.

Aprel oyining oxirida u bir nechta ko‘rgazma janglarida ishtirok etishni rejalashtirayotganini e’lon qildi. Janglardan olinadigan mablag‘ uysizlarga yordam berish va giyohvandlikka ruju qo‘yganlarni davolashga sarflanadi.

Shuningdek, OAV shu hafta boshida Tayson o‘zining birinchi ko‘rgazma jangini - og‘ir vazn toifasidagi sobiq jahon chempioni Shennon Briggsga qarshi o‘tkazishini aytdi.

Yangiliklar lentasi
0