02:24 06 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (893)
537 0 0

Bugunning oʻzida respublika boʻylab 35 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Sogʻayish koʻrsatkichi 81,2 foizga yetdi.

TOSHKENT, 21 may — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikada koronavirus bilan bogʻliq boʻlgan asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 37 kishida koronavirus aniqlandi, oxirgi maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 2 964  nafarni tashkil qilmoqda.

Davolanish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 35 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Sogʻayish koʻrsatkichi 81,2 foizni tashkil qilyapti. 2 407 nafar fuqaro koronavirus infektsiyasidan butunlay forigʻ boʻldi.

Ayni paytda 544 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Ertadan muzey, sayilgoh va galereyalar ochiladi

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga binoan 22 maydan “sariq” va “yashil” hududlarda muzey, sayilgoh va galereyalar faoliyatiga ruxsat berildi. Ochiq sayilgohlarda joylashgan oʻyingoh va ovqatlanish shoxobchalari bundan mustasno.

Koronavirus infektsiyasi ikkinchi toʻlqinini oldini olish maqsadida bu maskanlarga kirish joylarida majburiy ravishda barcha tashrif buyuruvchilar tana xaroratlarini oʻlchagan holda kiritilishi (teplovizor yoki pirometr), shaxsiy himoya vositalarida boʻlishlari (niqob), shuningdek, 2 metrlik ijtimoiy masofani saqlanishi talab etiladi.

Yana bir tibbiy markaz karantinga yopildi

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialida davolanayotgan bemorlar va tibbiyot xodimlaridan COVID-19 infektsiyasi aniqlanganligi sababli markazning faoliyati 19 maydan vaqtincha toʻxtatildi.

Markazda davolanayotgan 67 nafar bemorlar Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiy markazi Samarqand filialiga oʻtkazilgan.

Xayriya markazi faoliyati natijalari

Xayriya yordamini muvofiqlashtirish markazi poytaxtda oʻz faoliyatini yakunladi. U ikki oy avval ochilgan va shu vaqt ichida unga 65 ming marta murojaat qilindi.

Markaz koʻngillilari mahallalar tavsiyalari asosida bilan ishladi va soʻrovlar ijtimoiy tarmoqlar orqali ham kelgan. 84 mingdan ortiq oila ijtimoiy yordam oldi. Umumiy hisobda fuqarolarga 950 tonna oziq-ovqat yetkazildi.

Qoʻshniga yordam

Oʻzbekistonlik shifokorlar tojikistonlik hamkasblariga COVID-19 bilan kurashishda yordam berish uchun Tojikistonning Sugʻd viloyatiga kelishdi.

Shifokorlar guruhiga respublikada xizmat koʻrsatgan shifokor Neʼmatjon Ibragimov rahbarlik qilmoqda. Tibbiy guruhga epidemiolog, virusolog va ikkita anesteziolog kiritildi.

Dunyo salomatligi

COVID-19 dunyoning deyarli barcha davlatga yetib bordi. BSSTning soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda yangi koronavirus infektsiyasini yuqtirib olgan kishilarning soni 5,1 milliondan oshdi, 328 ming kishi vafot etdi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (893)

Asosiy mavzular