Erondan O‘zbekistonga quruq va iliq havo oqimi kirib keladi – O‘zgidromet prognozi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovOdna iz ulis Tashkenta
Odna iz ulis Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Harorat o‘rtacha ko‘p yillik ko‘rsatkichlardan 4-6 darajaga yuqori bo‘lib, eng issiq yillarda shu kunda kuzatilgan haroratga yaqin bo‘ladi.

TOShKENT, 22-may — Sputnik. Bugun Eron hududidan O‘zbekistonning shimoliy va janubiy hududlariga quruq va iliq havo oqimi kirib keladi, deb xabar qildi O‘zgidromet.

Tashkentskie dorogi zalilo fevralskim livnem - video - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda kuchli yomg‘ir yog‘di – video

Xabarda aytilishicha, respublika bo‘yicha havoning ochiq bo‘lishi kutilmoqda.

Termometr ustunchasi kunduz kuni 28-31 darajagacha ko‘tariladi. Respublikaning shimoliy, cho‘l zonalari va janubida harorat bundan ham issiq, ya’ni 33-35 darajani tashkil etadi.

23-24 may kunlari O‘rta Osiyo hududi ustidagi janubiy oqimlar kuchayib, havo haroratining ko‘tarilishi davom etadi. Kechasi harorati 15-18 daraja, kunduzi 35-37 darajagacha, shimoliy, janubiy va cho‘l zonalarida esa 38-40 darajagacha ko‘tariladi.

Bunday harorat o‘rtacha ko‘p yillik ko‘rsatkichlardan 4-6 darajaga yuqori bo‘lib, eng issiq yillarda shu kunda kuzatilgan haroratga yaqin bo‘ladi.

Respublikaning shimoli va cho‘l zonalarida shamolning tezligi sekundiga 17-22 gacha kuchayadi.

Yangiliklar lentasi
0