00:36 31 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
189 0 0

Ramazon hayiti munosabati bilan Oʻzbekiston prezidenti nomiga xorijiy davlat va hukumatlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlaridan tabrik maktublari kelmoqda.

TOSHKENT, 24 may — Sputnik. Ramazon hayiti munosabati bilan Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlat va hukumatlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlaridan tabrik maktublari kelmoqda.

Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga koʻra, ularda prezidentga sogʻlik va muvaffaqiyatlar, Oʻzbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilab, ezgu istaklar izhor etilgan. 

Jumladan, quyidagilar oʻz tabriklarini yoʻllagan: Qozogʻistonning birinchi prezidenti - Elboshi Nursulton Nazarboyev, Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan, Afgʻoniston Islom Respublikasi prezidenti Ashraf Gʻani, Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon, Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum, Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qoʻmondoni oʻrinbosari, Abu-Dabi Amirligi valiahdi – Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon, Quvayt Amiri Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Saboh, Oʻmon sultoni Haysam bin Toriq Ol Said, Iordaniya Podshohi Abdulla II, Yaman prezidenti Mansur Hodiy, Falastin prezidenti Mahmud Abbos, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi bosh kotibi Bagʻdat Amreyev.

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.

Bugun butun dunyo musulmonlari Ramazon hayitini nishonlamoqda.

Asosiy mavzular