13:23 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
194 0 0

Ommaviy axborot vositalarida Davlat soliq qoʻmitasining ikki xodimida koronavirus infektsiyasi aniqlaganligi haqida xabar tarqaldi.

TOSHKENT, 24 may — Sputnik. Davlat soliq qoʻmitasi OAVda tarqalgan qoʻmitaning ikki xodimida koronavirus infektsiyasi aniqlaganligi haqida xabar yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, koronavirus xabarda aytilganidek, DSQ markaziy apparati boʻlim boshligʻi va uning haydovchisida emas, balki DSQ huzuridagi Malaka oshirish markazi xodimida aniqlangan boʻlib, markaz poytaxtning boshqa tumanida joylashgan.

“DSQ xodimlari infektsiya aniqlangan odam bilan aloqada boʻlishlari mumkinligini hisobga olib, koronavirus infektsiyasining tarqalishining oldini olish maqsadida hozirda butun Markaziy apparat xodimlari COVID19 ga test topshirmoqda”, - deyiladi xabarda.

Xabarda taʼkidlanishicha, DSQda ish jarayoni karantin standartlariga qatʼiy rioya qilingan holda amalga oshirilmoqda.

Asosiy mavzular