Bugun "So‘nggi qo‘ng‘iroq" onlayn ravishda bo‘lib o‘tadi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda birincha marta "So‘nggi qo‘ng‘iroq" onlayn ravishda bo‘lib o‘tadi. Tadbirga ijtimoiy tarmoqlar orqali qo‘shilish va jonli efir orqali kuzatib borish mumkin.

TOShKENT, 25-may - Sputnik. Bugun O‘zbekistondagi barcha maktab bitiruvchilari uchun so‘nggi qo‘ng‘iroq onlayn ravishda bo‘lib o‘tadi. Bu haqida "Ta’lim" telegram kanali xabar qilmoqda. 

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” onlayn tadbirida maktab direktorlari, o‘qituvchilar va ota-onalar bitiruvchilarni bayram bilan onlayn tarzda tabriklashadi. Shuningdek, bitiruvchilarning o‘zlari ham jonli efirda o‘z do‘stlari va ustozlariga tilaklar bildirish imkoniga ega boʻlishadi. Ijtimoiy tarmoqlarda bitiruvchilar o‘z postlarida #bitiruvchi_2020_onlayn xeshtegidan foydalangan holda ushbu bayramga qoʻshilishlari mumkin.

Tadbir nihoyasida so‘nggi qo‘ng‘iroq jiringlab, “Xayr, maktabim” qo‘shig‘i birgalikda kuylanadi.

Tadbirni soat 08:30 da UZREPORT TV da hamda telekanalning Feysbuk va Yutubdagi sahifalari orqali jonli efirda tomosha qilish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0