O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi vatandoshlarga qanday yordam bermoqda

© Posolstvo Uzbekistana v RossiiKak posolstvo pomogayet migrantam i studentam
Kak posolstvo pomogayet migrantam i studentam - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
COVID-19 pandemiyasi tufayli qiyin sharoitda qolgan vatandoshlarga O‘zbekiston elchixonasi va bosh konsulxonalari moddiy yordam ko‘rsatmoqda va vataniga qaytish uchun imkon yaratmoqda.

TOShKENT, 25-may – Sputnik. O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi ayni damda Rossiya hududida bo‘lib turgan vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun qator tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Oziq-ovqat yordami

2020 yil 25-martdan 23-mayga qadar Moskva shahri xostellarida og‘ir ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarolarining yashashi va ovqatlanishi to‘lab berildi. Bu maqsadga 5 mln. 720 rubl sarflandi, - deyilgan xabarda.

Yordam yaqinda: Toshkent muvofiqlashtiruv markazida volontorlar qanday ishlamoqda - Sputnik O‘zbekiston
Shoshilinch oziq-ovqat yordami: xayriya markazi faoliyati - video

Shuningdek, Rossiya texnologik universiteti, MISiS, Milliy tadqiqot texnologik universiteti, Rossiya davlat turizm va xizmatlar universiteti, Moskva aviatsiya instituti, Moskva davlat tibbiyot va stomatologiya instituti, Rossiya transport universiteti, Rossiya davlat neft va gaz universiteti, Rossiya davlat xalqlar do‘stligi universiteti, Oliy iqtisodiyot maktabilf ta’lim olayotgan 1000 dan ortiq talablara oziq-ovqat yetkazib berildi.

Undan tashqari, o‘tgan hafta davomida elchixonaga yordam so‘rab murojaat qilgan moddiy qiyin ahvolda qolgan 217ta oila 2 haftalik oziq-ovqat bilan ta’minlandi.

“Mehr” loyihasi

Yaqinda ishga tushgan “Mehr” loyihasi doirasida Rossiyada qiyin ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarolariga yordam berish boshlandi. Loyiha biznesmen Alisher Usmonov homiyligida ishga tushirilgan.  Loyihaning tashkiliy masalalari bilan O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi shug‘ullanmoqda.

Mexr fondi - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada "Mehr" fondi ish boshladi

 “Mehr” loyihasi doirasida 14-22 may orasida 786 nafar yordamga muhtoj fuqarolarga umumiy qiymati 4 890 766 rublga teng bo‘lgan moliyaviy yordam ko‘rsatildi.  Moliyaviy yordam birinchi navbatda qaramog‘ida 2 yoki undan ko‘p farzandi bo‘lgan onalarga, nogironlarga, homilador ayollarga, talabalarga ko‘rsatilmoqda.

Elchixona izohiga ko‘ra, Mexr.rf portali bir kunda 1000tagacha ariza qabul qilishi imkoniyatiga ega. Bu elchixona xodimlari soni cheklanganligi bilan bog‘liq.

Fuqarolarni O‘zbekistonga jo‘natish

Elchixona tomonidan 12 may holatiga Vatanga qaytish istagini bildirgan 55 ming kishi onlayn-ro‘yxatga kiritilgani xabar qilingan edi. 

Ayni damda elchixona tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiyadan imkon qadar tez muddatda olib chiqish maqsadida, 9 nafar xodimdan iborat maxsus guruh tashkil etilib u doimiy ravishda fuqarolar bilan ishlab kelmoqda.

Migranti v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Charter reyslarda kim birinchi qaytariladi - Rossiyadagi elchixona javobi

Ma’lumki, charter reyslariga birinchi navbatda keksa, kasal fuqarolar, homilador va bolali ayollar, shuningdek, ilgari bekor qilingan doimiy reyslarga chiptasi bor fuqarolar joylashtiriladi. 

O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulligi orqali 1200 ta O‘zbekiston fuqarosini Qozog‘iston bilan chegaraga yetkazish uchun 125 ming rubl miqdoridagi xarajatlar qoplandi. Ushbu fuqarolar O‘zbekistonnin Nursultondagi Elchixonasi tomonidan tashkil etilgan maxsus transportda Qozog‘iston Respublikasi orqali Vatanimizga qaytarildi.

Rossiyaning Moskva, Sankt-Peterburg va boshqa  yirik shaharlaridan tashkil qilinayotgan charter parvozlar vaqti-vaqti bilan e’lon qilinib kelinmoqda. Pandemiya tufayli kiritilgan cheklovlar tufayli ularning soni hozircha cheklangan. 

Yangiliklar lentasi
0