17:29 15 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (970)
104821

Bugunning oʻzida respublika boʻylab 42 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Sogʻayish koʻrsatkichi 81,7 foiz.

TOSHKENT, 25 may — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikada koronavirus bilan bogʻliq boʻlgan asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 39 kishida koronavirus aniqlandi, soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 3 189 nafarni tashkil qilmoqda.

Davolanish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 42 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Jami sogʻayganlar soni  2 607 nafar. Sogʻayish koʻrsatkichi 81,7 foiz.

Ayni paytda 569 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Yana bir xavfli hudud

Toshkent viloyatining Parkent tumaniga kirish va chiqish, tuman ichida harakatlanish cheklandi.

Koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi chora sifatida, Parkent tumaniga kirish va chiqish cheklandi. Tuman hududini xavfli infektsiyadan batamom tozalashda tuman hokimligi, SEOM, IIB, harbiylar va boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan muhim ishlar amalga oshirilmoqda.

Byudjet

Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov koronavirus bilan kasallangan bemorlarga davlat byudjetidan ajratilgan mablagʻlar boʻyicha maʼlumot berdi. Xususan, davolangan 2492 nafar bemorga 80,491 mln soʻm sarflangan. Shuningdek, karantinga olinganlarga sarflangan mablagʻ ham koʻrsatilgan.

“Ipoteka bank” xodimida koronavirus

Toshkendagi “Ipoteka bank” bosh boshqarmasi xodimida koronavirus aniqlangani maʼlum boʻldi.

Qayd etilishicha, fuqaro yaqin 20 kun ichida oʻzi va oila aʼzolari mehmonga bormagan, qoʻni-qoʻshnilarnikiga ham chiqmagan. Uning yashash manzili boʻyicha muloqotda boʻlgan barcha oila aʼzolari belgilangan tartibda karantinga olindi. Xodim bilan yaqin aloqada boʻlgan 25 nafar xodimlar karantinga olingan.

Vatandoshlarga yordam

Oʻzbekistonning Moskvadagi elchixonasi Rossiya hududida boʻlib turgan vatandoshlarni qoʻllab-quvvatlash uchun qator tadbirlarni amalga oshirmoqda. 25 martdan 23 mayga qadar Moskva shahri xostellarida ogʻir ahvolda qolgan Oʻzbekiston fuqarolarining yashashi va ovqatlanishi toʻlab berildi. Bu maqsadlarga 5,7 mln rubl sarflandi.

Mingdan ortiq talabaga oziq-ovqat yetkazib berildi. Elchixonaga yordam soʻrab murojaat qilgan moddiy qiyin ahvolda qolgan 217 ta oila 2 haftalik oziq-ovqat bilan taʼminlandi.

Insonparvarlik yordami

Seuldagi Oʻzbekiston elchixonasi Janubiy Koreya kompaniyasi Suwan TPL koʻmagida Oʻzbekistonga sal kam ikki tonna insonparvarlik yordamini yubordi.

Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi ehtiyojlari uchun Seuldagi diplomatik vakolatxonasi koronavirus infektsiyasiga qarshi kurashda yuqori texnologiyali tibbiy uskunalar: shprits nasoslari, koʻchma rentgen apparatlari va boshqa zarur vositalar koʻrinishidagi insonparvarlik yordamini faol jalb etishda davom etmoqda.

Keyingi yuk charter reysini tashkil etish bilan umumiy ogʻirligi 17 tonna boʻlgan 135 ming dollardan ortiq insonparvarlik yukining qolgan qismi yuboriladi.

Dunyo salomatligi

COVID-19 dunyoning deyarli barcha davlatga yetib bordi. BSSTning soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda yangi koronavirus infektsiyasini yuqtirib olgan kishilarning soni 5,4 milliondan oshdi, 345 ming kishi vafot etdi. Qariyib 2,2 million kishi sogʻaydi.

 

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (970)

Asosiy mavzular