Jazirama issiq O‘zbekistonda koronavirusni to‘xtatadi - virusolog

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobili v Tashkente
Avtomobili v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu hafta boshidan O‘zbekiston hududida ob-havo harorati kunduzi 36-39 darajagacha ko‘tarila boshladi, shimoliy va cho‘l hududlarida esa 40-41 darajaga yetishi kutilmoqda.

TOShKENT, 26-may — Sputnik. Hafta boshidan O‘zbekistonga kirib kelgan issiq ob-havo COVID-19 faolligini szilarli darajada kamaytirishi mumkin, dedi Sog‘liqni saqlash vazirligi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti xodimi Xayrulla Mustafayev.

"O‘zbekistonda havo harorati mo‘’tadil yuqori darajalarga yetmoqda. Bunday sharoitda virus rivojlana olmaydi", - dedi Mustafayev "Pravda Vostoka" nashriga. 

Mutaxassis fikriga ko‘ra, koronavirus 5-8 daraja issiqlikda va 60%dan kam bo‘lmagan namlikda yashashi mumkin. Shu sababli virus namlik yuqori bo‘lgan Janubi-sharqiy Osiyo davlatlarida paydo bo‘lib rivojlangan. 

"Bizda esa, quruq va issiq ob-havo. Umuman barcha shamollash kasalliklari issiq havo kelishi bilan chekina boshlaydi", - deydi virusolog. 

Ushbu hafta boshidan O‘zbekiston hududida ob-havo harorati kunduzi 36-39 darajagacha ko‘tarila boshladi, shimoliy va cho‘l hududlarida esa 40-41 darajaga yetishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda COVID-19 bilan kasallanishning birinchi holati 15-mart kuni Fransiyadan qaytgan fuqaroda aniqlangan edi. Bugungi kunda Respublikada kasallanganlar soni 3280 kishini tashkil qilmoqda. Karantin choralari 1-iyunga qadar uzaytirilgan. 

Yangiliklar lentasi
0